Tryudo: Ziddiyatga qaramay, Amerika va Kanada doim birlasha olgan

  • Amerika Ovozi

Amerika rahbari Barak Obama Vashingtonda, Oq uyda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoni dabdaba bilan kutib oldi. Kanada rahbari oxirgi 19 yilda Amerikaga ilk bor kelishi.

Amerika rahbari Barak Obama Vashingtonda, Oq uyda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoni dabdaba bilan kutib oldi. Kanada rahbari oxirgi 19 yilda Amerikaga ilk bor kelishi.

Amerika rahbari Barak Obama Vashingtonda, Oq uyda Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoni dabdaba bilan kutib oldi. Kanada rahbari oxirgi 19 yilda Amerikaga ilk bor kelishi.

Bosh vazir va uning rafiqasi Sofi Gregorni Oq uyda Prezident Obama, uning turmush o'rtog'i Mishel Obama va rasmiylar qarshi oldi. Harbiy orkestr ular uchun kuy chaldi.

Obamaning aytishicha, ikki davlatni umumiy chegaralardan tashqari boshqa qadriyatlar ham birlashtirib turadi.

"Jahonda inson taraqqiyoti yo'lida birgalikda ko'plab ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bolalarni davosi bor kasalliklardan xalos etish, Afrikadagi yoshlar o'qishi uchun elektr ta'minotini kafolatlash kabilar qo'limizdan keladi. Chunki Amerika va Kanada insonning qadriga yetadi", - dedi Obama.

Bosh vazir Tryudo ham ikki mamlakat umumiy maqsadlar yo'lida kelishib ishlashi mumkin, deya tasdiqladi.

"Amerika bizning eng yirik savdo hamkorimiz, yaqin ittifoqchimiz. Bu qo'shnimiz bilan rishtalar hamisha muhim bo'lib kelgan. O'tmishda qator muammolar bo'lgani ham rost. Ziddiyatga qaramasdan, Kanada va Amerika jahondagi muammolar yechimi yo'lida birlasha olgan", - dedi Kanada rahbari.

Ikki arbob harbiy hamkorlik, terrorizmga qarshi kurash, iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi kurash, chegaralar nazorati kabi mavzularni muhokama qildi.

Kanada va Amerika uzoq yillik yaqin ittifoqchilar bo'lsa-da, Obamaning global iqlim isishiga qarshi shijoatli sa'y-harakatlari Kanadaning avvalgi rahbariyati bilan ziddiyatlarga sabab bo'lgan. Sobiq bosh vazir Stiven Xarper, xususan, mamlakat neft sanoatini kengaytirish tarafdori edi. Jastin Tryudo esa iqlim borasida Obamaning siyosatiga xayrixoh.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG