Meksikada iqlim o'zgarishi muhokama qilinadi

  • Amerika Ovozi

Meksikada iqlim o'zgarishi muhokama qilinadi

Meksikada iqlim o'zgarishi muhokama qilinadi

Bu yilgi xalqaro anjuman Kopengagen konferensiyasida erishilmagan masalalar yechimini qidirishga harakat qiladi.

Meksikaning oromgoh Kankun shahrida 190 davlat rasmiylari iqlim bo'yicha xalqaro anjumanga to'planmoqda. BMT qoshidagi konferensiya o'tgan yili Daniyaning Kopengagen shahrida o'tkazilib, natijasiz yakunlangan edi. Davlat rahbarlari zararli gazlarni atmosferaga chiqarishni cheklovchi xalqaro bitim bo'yicha kelisha olmagan edi.

Anjumanda rasmiylardan tashqari nodavlat tashkilotlaridan ham vakillar bo'ladi. Jahonda haroratning ko'tarilishiga qarshi choralar muhokama qilinadi. Ulardan biri o'rmonlarni kesishga qarshi kurash dasturi. Daraxtlar atmosferadan kelayotgan karbonad angidrid moddasini yutib, sayyorani sovitishga hissa qo'shadi.

Rivojlangan davlatlardan qashshoq mamlakatlarda o'rmonlarni saqlash uchun 38 milliard dollar olish rejasi ham ishlab chiqiladi.

Tabiatni asrash bilan shug'ullanuvchi xalqaro ittifoq vakili Kerol Sen-Loren bitim shu anjumanda qabul qilinishiga umid qilmoqda.

Bu qadar ko'p pul bilan ishlash mas'uliyatli va oshkora xalqaro mexanizmni talab qiladi, deydi u.

"Agar shartnoma puxta ishlanmasa, pul ko'kka sovurilishi hech gapmas. Shu sabab har bir davlatda qanday dasturlar olib borilishini aniq belgilab olish lozim", - deydi faol.

Pokistonlik delegat Said Mahmud Nosir iqlim o'zgarishi jiddiy mavzu, buni Pokiston misolida ko'rdik, deydi.

"Pokistonda millionlab odamlar hayotini xavf ostiga qo'ygan toshqinlar iqlim o'zgarishidan ekani ayon bo'ldi", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG