Breaking News
Din

Rim papasining ispan missionerini avliyo deb e'lon qilishi tub amerikaliklarni norozi qilmoqda


Kapitoliy binosida missioner Xunipero Serraning haykali (o'ngda)
Kapitoliy binosida missioner Xunipero Serraning haykali (o'ngda)

Rim Papasi Fransisk shu oy AQShga tashrifi davomida XVIII asrda Kaliforniyaga kelgan missionerga avliyo maqomini berish marosimini o'tkazadi. Tub Amerika aholisi orasida ruhoniy Xunipero Serraning ulug'lanayotganidan norozilar bor.

Ispan missionerining avliyo deb e'lon qilinishi, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

23-sentabr kuni Vashingtonda Rim papasi ruhoniy Serrani avliyo deb e'lon qiladi.

Ispaniya koloniyasi bo'lgan Kaliforniyada da'vat bilan shug'ullangan Serra San-Fransiskodagi Dolores missiyasi muzeyi kuratori Endryu Galvan uchun buyuk daho. Galvan tub amerikalik hindulardan, ajdodlari XVIII asrda cho'qintirilgan. U o'tgan asrning 70-yillaridan beri Serraning muxlisi.

"O'sha paytdan beri Serra otaning maqomini ulug'lash ustida ruhoniylar bilan ishlab kelaman", - deydi u.

Ammo Galvanning jiyani Vinsent Medina bu fikrga qarshi.

"Bu ruhoniy hindu tillarini toptagani hujjatlarda asoslangan. U hindularni qamchilashni buyurgani haqida ham dalillar bor", - deydi u.

Medinaning aytishicha, ispanlar bu yerga kasalliklar va madaniy buzg'unchilik olib kelgan.

Serra Kaliforniya sohilllaridagi Karmel jamoatida ishlagan va shu yerga dafn etilgan. Bu yerda ruhoniyni ispan bosqinchilariga qarshi mahalliy aholining himoyachisi sifatida eslashadi. Montereydagi Kaliforniya davlat universiteti arxeologi Ruben Mendozaning ham Serraga ixlosi baland.

"Mening ajdodlarim ham mahalliy hindulardan bo'lgan. Mustamlakachilikni oqlamayman. Boshqa tomondan, Serrani hayotiga sinchiklab qarasangiz, uni nafaqat o'z davrining vakili, balki oldi odami bo'lganini ham ko'rasiz. U mahalliy odamlar himoyachisi bo'lgan", - deydi u.

Kaliforniya sohillarida yashagan hindu qabilalari Serra mahalliy xalqqa aziyat yetkazgan, degan fikrda. Qabila yetakchilaridan Rud Orteganing aytishicha, Rim papasining qarori ular uchun kutilmagan bo'lishi mumkin.

"Ko'pchilik Serra ota qilgan ishlarni endi tushunadi. Bu haqda hali ko'p dalillar chiqadi. Kaliforniya aholisi, Kaliforniya hindu jamoalari buni yaqinda o'rganishadi. Ko'proq tahsil olib, ko'proq haqiqatdan boxabar bo'lishadi", - deydi Ortega.

Papa Fransisk cherkovning mahalliy elatlarga ko'rsatgan zulmi uchun kechirim so'ragan. Ammo cherkov ichidan hindularni himoya qilib chiqqanlar ham bo'lgan. Ota Serra shundaylardan biri sifatida ko'riladi va shuning uchun unga avliyolik rutbasi beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG