Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Afg'onistonga bordi


Qandahordagi harbiy qismda
Qandahordagi harbiy qismda

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter kutilmaganda Afg'onistonga bordi.

Uning tashrifi o'lkada zo'ravonlik kuchayayotgan, sharqiy viloyatlarda "Islomiy davlat" guruhi tarafdorlari paydo bo'lgan bir paytga to'g'ri keldi.

Pentagon o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, poytaxt Kobulda bu yil o'tgan yilga qaraganda 27 foiz ko'p katta xurujlar yuz bergan.

Ana shunday zo'ravonliklarga javob sifatida AQSh Prezidenti Barak Obama 2016-yil oxirigacha Afg'onistonda 9800 Amerika askarini qoldirishga qaror qildi.

Karter Afg'onistonda harbiy qo'mondonlar va AQSh askarlari bilan uchrashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG