Karter Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi kurash haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (chapda) Iroq Mudofaa vaziri Xolid Ubaydiy bilan Bag'dodda ko'rishmoqda, 23-iyul, 2015-yil

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (chapda) Iroq Mudofaa vaziri Xolid Ubaydiy bilan Bag'dodda ko'rishmoqda, 23-iyul, 2015-yil

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter kutilmaganda bugun Iroqqa borgan. U "Islomiy davlat"ga qarshi kurash qanday ketayotgani bilan qiziqmoqda. Karter Bosh vazir Haydar Abadiy va Mudofaa vaziri Xolid Ubaydiy bilan uchrashgan.

Pentagon rahbari "Islomiy davlat" jangarilari bilan jang qilayotgan sunniy guruhlar rahbarlari bilan ham gaplashadi. "Islomiy davlat" Iroq shimoli va g'arbini nazorat qilmoqda.

Iroq kuchlari Anbar viloyati poytaxti Ramadini qaytarish maqsadida yaqin kunlarda katta hujum boshlaydi. Hozir hujumga qizg'in tayyorgarlik ketmoqda.

"Islomiy davlat" Ramadini may oyida ishg'ol qilgan. Iroq kuchlari o'shanda jang maydonidan qochgan edi. Shaharni 1000-2000 jangari himoya qilayotgani aytiladi.

Ayni damda salkam 3400 amerikalik harbiy Iroq askarlarini tayyorlamoqda, maslahat bermoqda.

Kecha Bag'dodning shia mahallasidagi bozorda bomba portlab, kamida 20 odam o'lgan. Xuruj kimning ishi ekani ma'lum emas, "Islomiy davlat" qo'l urgan deb aytilmoqda.

Karter shu hafta Isroil, Iordaniya va Saudiya Arabistonida ham bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG