Karter Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi kurash qanday ketayotgani bilan tanishdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Iroqda, 18-aprel, 2016-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter Iroqda, 18-aprel, 2016-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter dushanba kuni Iroqda mamlakat rahbarlari va "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Iroqqa yordam berayotgan Amerika qo’mondonlari bilan uchrashdi.

Karter bungacha Bag’dodga borishini ma’lum qilmagan edi. Qo’shma Shtatlar Iroqda askarlari sonini oshirish ustida o’ylanmoqda.

Mudofaa vaziriga ko’ra, amerikaliklar soni ko’paysa-da, urushning asosiy qismi iroqlik harbiylar zimmasida bo’ladi.

“Biz ular uchun jang qilmaymiz”, - deydi Karter.

O’tgan hafta Amerika vaziri Birlashgan Arab Amirliklarida bo’lib, Abu-Dabi yaqinidagi Al-Dafra harbiy-havo bazasida AQSh askarlari bilan uchrashdi. Amerika yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari bazadan Iroqda "Islomiy davlat"ni havodan o’qqa tutishda, razvedka olib borishda foydalanadi.

Karter jangarilarni yengamiz, deya ishontirdi.

"IShIDni Iroq va Suriyada yakson qilamiz. Bunday mafkuraga tayangan davlatning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz”, - dedi u.

Tashrif davomida Kerri Musulni qayta egallash amaliyoti qanday ketayotgani bilan ham tanishdi.

Iroq kuchlari shaharni jangarilardan tortib olish harakatini 24-mart kuni boshlagan.

Prezident Barak Obama shu hafta Saudiya Arabistonida bo’lib, bu va boshqa mavzularda rasmiylar bilan muzokara qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG