Karter arab davlatlarini Daishga qarshi faolroq harakat qilishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (markazda), Saudiya Arabistoni ikkinchi valiahdi va mudofaa vaziri shahzoda Muhammad bin Salmon (o'ngda), Riyod, 19-aprel, 2016-yil

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter (markazda), Saudiya Arabistoni ikkinchi valiahdi va mudofaa vaziri shahzoda Muhammad bin Salmon (o'ngda), Riyod, 19-aprel, 2016-yil

Riyodda Fors ko'rfazi hamkorlik kengashiga a'zo arab mamlakatlari mudofaa vazirlari majlisida qatnashgan AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter bu davlatlarni "Islomiy davlat"ga qarshi qattiroq kurashishga chaqirdi.

AQSh va kengashga a'zo mamlakatlar mustahkam hamkorlik o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Majlisda Eronning mintaqa barqarorligiga zid harakatlari ham muhokama etilgan.

Karter Iroq hukumariga "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda, jangarilardan tozlangan hududlarni tiklashda qayta qurishda faol yordam berishga chaqirdi.

Fors ko'rfazi hamkorlik kengashiga a'zo davlatlar Eronning Iroqqa ta'siri tufayli Bosh vazir Haydar Abadiy hukumatini qo'llab-quvvatlashdan o'zini tiyib kelmoqda.

“Agar Iroqqa tashqi ta'sir sizni bezovta qilayotgan bo'lsa, bunga qarshi eng yaxshi chora faolroq bo'lib muloqotga kirishish", - deydi Karterga hamrohlik qilayotgan AQSh rasmiylaridan biri.

Qo’shma Shtatlar Musulni Daishdan tortib olishda Iroq qo’shinlariga yordam berish maqsadida bu mamlakatga qo’shimcha 217 askar va “Apach” harbiy vertolyotlarini safarbar etmoqda. Ayni damda Iroqda 4000 dan ziyod amerikalik askar bor.

Karter dushanba kuni Bag’dodga tashrifi davomida shu haqda ma’lum qildi.

AQSh Iroq armiyasini qo’shimcha maslahatchilar bilan ham ta’minlaydi.

"G’alaba uchun qattiqroq harakat qilish kerak, buning uchun esa qo’shimcha askar zarur ", - dedi u.

Karterga ko’ra, Daishga qarshi kurashayotgan peshmerga kurd kuchlari ehtiyojlari uchun 415 million dollar ajratiladi.

Koalitsiya kuchlari qo'mondoni general Shon Makfarlandning aytishicha, pul, asosan, oziq-ovqatga sarflanadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG