Karter Quvaytda diplomat va qo'mondonlar bilan uchrashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter AQShning Quvaytdagi Orifjon harbiy bazasida so'zlamoqda, 23-fevral, 2015-yil

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter AQShning Quvaytdagi Orifjon harbiy bazasida so'zlamoqda, 23-fevral, 2015-yil

AQSh yangi Mudofaa vaziri Eshton Karter bugun Quvaytda AQSh diplomatlari va harbiy qo'mondonlari bilan uchrashuv chog'ida "Islomiy davlat"ga qarshi kurash xususida fikr almashgan.

Quvaytda AQSh harbiy bazasi joylashgan. Uchrashuvda Quvayt, Iordaniya va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlarida ishlayotgan AQSh diplomatlari ishtirok etgan.

Rasmiylarga ko'ra, Karter jangari guruhni yengishga qaratilgan turli choralarni o'rganmoqda.

"Agar "Islomiy davlat"ni yengadigan bo'lsak, g'alabamiz mustahkam bo'lishi kerak", - dedi Karter.

Kecha Amerika mudofaa vaziri Afg'onistonda bo'lib, Kobulda Prezident Ashraf G'ani va boshqa rasmiylar, Qandahorda esa amerikalik harbiylar bilan uchrashdi. Afg'onistonda AQShning 10 ming askari qolgan. Kelasi ikki yilda ularning barchasini mamlakatdan chiqarish ko'zlangan.

Karter amerikalik askarlar afg'on xavfsizlik kuchlarini qanday tayyorlayotgani bilan tanishgan.

Prezident G'ani AQShdan askarlarini tez olib chiqmaslikni so'ragan. Karterning aytishicha, ayni damda Afg'oniston iltimosi o'rganilmoqda. Afg'on rahbari kelasi oy Vashingtonda bo'lib, shu masalani ko'tarishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG