Jahon banki CASA-1000 loyihasi uchun 526,5 million dollar ajratmoqda

  • Amerika Ovozi

Tojikiston suv ham taqchil, tok ham taqchil, mavsumga qarab

Tojikiston suv ham taqchil, tok ham taqchil, mavsumga qarab

Jahon banki Qirg’iziston va Tojikistondagi ortiqcha elektr tokini Afg’oniston va Pokistonga uzatuvchi tizim taraqqiyoti va bu davlatlarning hammasiga energetik sanoatni rivojlantirish uchun 526,5 million dollar ajratishga qaror qildi.

1200 kilometrlik tarmoq, deya tushuntiradi ekspertlar, CASA-1000, ya’ni Markaziy va Janubiy Osiyoni bog’lovchi tijoriy yo’nalishga aylanadi.

Gap bu yerda Qirg’iziston va Tojikiston yozda ishlab chiqaradigan ortiqcha quvvat haqida ketmoqda. Qishda esa bu davlatlar tok taqchilligidan qiynaladi. Mana shu muammoni hal etish eng dolzarb vazifa deya bildiradi Jahon banki.

Yuqoridagi 526,5 million dollarning asosiy qismi Afg’onistonga beriladi – 316,5 million dollar. Pokistonga 120 million, Qirg’izistonga 45 million, Tojikistonga ham 45 million dollari atalgan.

Ular grant va kredit shaklida uzatiladi. Har bir dollarning qayerga va nimaga yo’naltirilgani hisob-kitob qilinadi, deydi Jahon banki vakillari. Korrupsiya bu davlatlarda chuqur ildiz otgani yaxshi ma’lum, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG