Xalqaro diplomatlar prezident saylovlari oldidan Qirg'izistonda

  • Amerika Ovozi

Prezidentlikka nomzodlarni tekshirish jarayoni

Prezidentlikka nomzodlarni tekshirish jarayoni

BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus elchisi Miroslav Yencha, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Qirg'iziston bo'yicha maxsus vakili Adam Koberatski va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Pyer Morel bugun Bishkekda bo'lib, respublika rahbariyati, fuqarolik jamiyati va mintaqaviy tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

Maxsus elchilar tashrif yakunida qo'shma bayonot chiqarib, oktabr oxiriga belgilangan prezident saylovlari Qirg'iziston osoyishtaligi va barqaror taraqqiyoti uchun ahamiyatlidir, degan.

"Saylov natijalari demokratiyani kuchaytirishga, islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi degan umiddamiz" deyiladi hujjatda.

Diplomatlar Qirg'iziston hukumatini saylov davrida barcha da'vogarlarga teng imkoniyatlar yaratishga, birdamlikni targ'ib etishga chaqirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG