Qanot Odil: Markaziy Osiyo, o'tmish bir ekan, kelajak ham birlikda


Jalol-Obod, Qirg'iziston

Jalol-Obod, Qirg'iziston

Markaziy Osiyo ahli etnik kelib chiqishiga qarab emas, umumiy o'tmishi va manfaatlariga qarab birlashishi, istiqbolni bir xalq sifatida barpo etishi kerak, deydi o'zbek ziyoli.

O'zbekistonlik ziyoli - shifokor, uzoq yillar Toshkent tibbiyot oliygohlarida dars bergan mutaxassis - Qanot Odil Chexiyada yashaydi va Shvetsiyada asoslangan Markaziy Osiyo uyushmasi a'zosi.

O'zbekiston va mintaqadagi tub muammolarga qarshi xorijdan turib ham kurashsa bo'ladi, deya ishonch bildiradi u.

Buning bir yo'li internet orqali vatandosh va mintaqadoshlarning e'tiborini azaliy masalalarga qaratish, deydi faol. Maqsad - ularni tahlil qilib, yechimlar taklif qilish va juda bo'lmaganda ertangi kun qanday bo'lishiga ta'sir qila olish.

Qanot Odil va uning safdoshlari olg'a surayotgan takliflardan biri shuki, Markaziy Osiyo ahli etnik kelib chiqishiga qarab emas, umumiy o'tmishi va manfaatlariga qarab birlashishi, istiqbolni bir xalq sifatida barpo etishi kerak.

Xo'sh, bugungi kunda Markaziy Osiyoni u taklif qilayotgan yo'lga boshlovchi qanday omillar bor?

Birlashish yo'lida turgan muammolar nima?

Integratsiya va erkinlikka bir paytda erishish mumkinmi? Nima qilish kerak buning uchun?

Yo’q, har bir davlat suveren tuzum sifatida o’z bilganicha, qurbi yetganicha harakat qilaverishi kerak deydiganlar ham ko’p. Ularga yuqoridagi g'oyani qanday tushuntirasiz?

Hamma narsa ishonch va irodaga, xohishga borib taqaladi. Bu muhim omillarni paydo qilish uchun qanday qadamlar tashlash zarur?

Marhamat, suhbatni tinglang:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG