Breaking News

Umarali Quvvatovning o'limi faollarda qo'rquvni oshirdi


Umarali Quvvatov Tojikistonda moliyaviy firibda ayblanib qidiruvga berilgan. U yetakchilik qilgan muxolif “Guruh 24” ekstremistik guruh deya e'lon qilingan.
Umarali Quvvatov Tojikistonda moliyaviy firibda ayblanib qidiruvga berilgan. U yetakchilik qilgan muxolif “Guruh 24” ekstremistik guruh deya e'lon qilingan.

Tojikiston muxolifati yetakchisi, Turkiyada o'ldirib ketilgan Umarali Quvvatov Istanbulda dafn etildi. Rossiyada muxolifat vakili Boris Nemsov, Avstriyada Qozog'iston rahbarining sobiq kuyovi Rohat Aliyevning o'limi ortidan bu qotillik faollarda xavotir uyg'otmoqda.

Umarali Quvvatovning o'limi faollarda qo'rquvni oshirdi-Malik Mansur lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00

Hukumatlarni keskin tanqid qilib tanilgan bu faollarning so'nggi haftalarda birin-ketin o'ldirilishini bog'liq bo'lmasa-da, ularning bari muxolifatchi ekani birlashtirib turadi.

Oxirgisi 6-mart kuni Istanbulda yuz berdi. Otib o'ldrilgan Quvvatov Tojikistonda moliyaviy firibda ayblanib qidiruvga berilgan. U yetakchilik qilgan muxolif “Guruh 24” ekstremistik guruh deya e'lon qilingan.

Moskvada faoliyat yuritayotgan huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev Quvvatov bilan tanish,u bilan turli aksiyalarda qatnashgan.

“Umarali Quvvatov bilan do'st edim, ajoyib inson edi. U haqni gapirdi, shahid bo'ldi. Markaziy Osiyodagi qonxo'r rejimning jinoyatlarini ochiqdan-ochiq xalqqa yetkazdi, buni ko'rsatishga harakat qildi. Avvalroq Isanbulda imom Abdulla Buxoriy ham o'ldirib ketilgan edi. Turkiya oxirgi paytda mintaqa muxolifatchilarini mozoriga aylanayotganga o'xshaydi, ular ochiqdan-ochiq ko'chada o'ldirib ketilayapti”, - deydi Bahrom Hamroyev.

24-fevral kuni Qozog'iston prezidentining sobiq kuyovi, Nazarboyevni ashaddiy tanqidchisi Rohat Aliyevni Avstriyadagi qamoqda o'z joniga qasd qilgan edi.

Qozoq muxolifati Aliyevning o'z joniga qasd qilganiga ishonmaydi, muxolifatchi o'limida Nazarboyev hukumatini gumon qiladi.

“Ekspertiza Rohat Aliyev tanasidan avval uni uxlatib, keyin osishganini tasdiqlovchi modda topdi. Hozir Qozog'istonda ham, xorijda ham hech kim Rohat Aliyev suiqasd qurboni bo'lganiga shubha qilmaydi. Aliyevga, Nemtsovga va Quvvatovga uyushtrilgan so'nggi qotilliklarni o'zaro bevosita bog'liq deyish qiyin. Ammo Putin ham, Imomali Rahmon ham Nazarboyev tajribasidan o'rnak olayotgan bo'lishi mumkin. Qozog'istonda bunday qotilliklar 2006-yildan, muxolifat liderlari Nurkadilov, Altinbek Sarsanbayevlar o'ldirilishidan boshlangan edi”, - deydi muxolifati faoli Aydos Sodiqov.

Nemsov 27-fevral kuni Moskvada Kreml yaqinida otib o'ldirilgan. Bahrom Hamroyevning aytishicha, sobiq ittifoqda ko'zga ko'ringan muxolifatchilar so'nggi haftada birin-ketin o'ldrilayotgani tasodif emas.

“Nima uchun muxolifat faollari bunday masshtabda o'ldirilayapti? Bu harakat ko'p savollar tug'diradi. Meningcha, bu kategoriyadagi odamlar maxsus bir ro'yxatga, agar Rossiyani markaz desak, shu markazning ro'yxatiga kiritilgan. Bu royxatdagilar, saylov bo'ladimi, Karimov bo'ladimi, Imomali Rahmon qochib ketadimi, baribir o'ldirilishi kerak. Nemsov, Umarali masalasida ham maxsus qaror qabul qilingan. Albatta, borib bitta tojik o'ldirib kelishi mumkin, lekin bu hali hech narsani anglatmaydi. Biz hozirgi holatda qarasak, kimlar o'ldiriladi, kimlar urib ketiladi, hammasi ro'yxat asosida ketayotgandek”, - degan fikrda Hamroyev.

Ayni paytda Nemsovga uyushtrilgan hujumda gumon qilinib, bir guruh chechenlar hibsga olingan.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Checheniston armiyasi sobiq zobiti Zaur Dadayev Nemsovga uyushtrilgan qotillikni o'z bo'yniga olgan.

Rossiya matbuoti buning motivi Nemsovning islom va musulmonlar haqidagi fikrlari bo'lishi mumkin degan taxminlarni olg'a surmoqda.

Ammo bu qarashlarni marhum muxolifatchining safdoshlari inkor qilishmoqda. Ularning aytishicha, Nemsov islomchilarni qasdga undovchi fikrlar aytmagan, ijrochilar kimligidan qat'i-nazar, buyurtmachini Kremldan izlash kerak.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG