Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak


Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

AQSh Markaziy Osiyo davlatlarini transport tizimini rivojlantirishga undab, bu borada yordam taklif qilib keladi.

O’zbekiston va qo’shni Afg’oniston yoki Tojikiston bilan doimiy havo qatnovi yo’lga qo’yilmagan. Chegaradan o’tish, bojxona yana bir boshog’riq.

Bu g’ovlardan qutulish uchun davlatlarga bosim o'tkazmay ko'makni oshirish kerak, deydi mutaxassislar.

Osiyo Taraqqiyot Banki (The Asian Development Bank) Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekistonga transport, savdo va energetika sohasida madad ko'rsatadi.

Buning uchun maxsus dastur ta’sis etilgan. 10 yil avval ishga tushgan va Markaziy Osiyoda regional iqtisodiy taraqqiyot (Central Asia Regional Economic Cooperation) deya nomlangan loyiha Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, Xitoy, Mo’g’uliston, Pokiston va Ozarbayjonni ham o'z ichiga oladi.

Dasturga mana shu davlatlar hamda Xalqaro Valyuta Jamg’armasi, Jahon Banki, Yevropada Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Islomiy Taraqqiyot Banki va BMT hissa qo’shib keladi.

Chegaralar masalasi siyosiy kuch va iroda talab qiladi

Chegaralar masalasi siyosiy kuch va iroda talab qiladi

Maqsad - havo va temir yo’l xodimlari malakasini oshirish, chegara va bojxonada sansalorlikni tugatish, energiya ta’minotini yaxshilash, yo’llar qurish, yangi ish o’rinlari yaratish.

Osiyo Taraqqiyot Banki rasmiysi Robert Shoelxammer (Robert Schoellhammer) deydiki, dastur samara bera boshlagan.

“Afg’oniston va O’zbekistonni bog’lovchi, qiymati 165 million dollarlik temir yo’l bir yarim yilda bitdi”, - deydi Shoelxammer.

O'zbekiston, uning aytishicha, mintaqada muhim, markaziy rol o'ynaydi.

"Bizning vazifamiz – o’rtada ko’prik rolini o’tash”, - deydi Osiyo Taraqqiyot Banki vakili.

Biroq O’zbekiston Tojikiston bilan chegarani yopib qo'ygan. Qo’shni bu davlatga ham, Afg’onistonga ham Toshkentdan samolyot qatnamaydi.

Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

Toshkentdan Hayratonga borish uchun avval Moskva, keyin Ozarbayjon va Istanbulga o’tish, xullas dunyoni kezib chiqish kerak.

Ekspertlar fikricha, bu – ikki davlat o’zaro hal qilishi kerak bo’lgan siyosiy masala. Tomonlar murosaga kelsa, Osiyo Taraqqiyot Banki mablag’ va maslahat bilan yordam berishi mumkin.

AQSh Markaziy Qo’mondonligida maslahatchi Leyf Rozenberger (Reif Rosenberger) so’zlariga ko’ra, Amerika O’zbekiston havo hududidan foydalanish haqida muzokara olib bormoqda.

“Yaqin kunlarda natija aniq bo’ladi”, - deydi u.

Robert Shoelxammer region salohiyati, rivojlanayotgan davlatlarga xos imkoniyatlarni eslatadi.

“O’zbekiston kabi davlatlar haqida gap ketganda korrupsiya va boshqa illatlar tilga olinadi. Malakasi kam kadrlar, mablag’ yetishmasligi, ta’mirtalab kompyuter tizimi… Osiyo Taraqqiyot Banki o'z tajribasiga asoslanib, shart va kaltak usuli bilan emas, imtiyoz, mukofot yo’lidan boshirishni ma’qul ko’radi”, - deydi rasmiy.

Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

Markaziy Osiyoda regional transport va xizmatlarni yaxshilash kerak

Vashingtondagi Brukings Instituti olimi Yoxannes Linn (Johannes Linn) mintaqada, jumladan O’zbekistonda transport bobida qilingan ishlarga tahsin aytadi.

Lekin, deydi u, Osiyo Taraqqiyot Banki yuritayotgan loyiha savdo va energetika bobida sust.

“To’g’onlar qurish masalasi hali ham yechimini kutmoqda. Loyihaga a’zo davlatlar O’zbekiston va Tojikiston orasida chegara yopiq. Chegara yopiq bo’lsa, ajoyibu g’aroyib yo’llar qurishdan nima naf”? - deya so'raydi olim.

XS
SM
MD
LG