Chikagoda muhojirlar oqimi pasaygan

  • Amerika Ovozi

Chikago shahrida o'tgan 10 yil davomida immigrantlar sonining kamayishi kuzatilmoqda. Natijada AQShning uchinchi eng katta shahrida aholi o'sishi to'xtab qolgan.

Ishchi-xodimlar bo'limi rahbari Pit Tapaskarning aytishicha, uzoq tillar Chikagoda joylashgan kompaniyasiga kerakli ishchilarni topish oson bo'lmagan.

"Yuqori malakali odam topish hanuz muammo", - deydi u.

Tapaskar texnik malaka talab qiladigan ishlar uchun chet eldan odam yollaydi. "Prosoft" kompaniyasi ishchilarining 80 foizi Janubiy Osiyodan. Tapaskarning o'zi ham "H1B" deb ataladigan maxsus ish vizasi bilan kelgan.

"Yuqori texnik malakaga ega odamlar uchun bunday vizaga talab katta", - deydi u.

Ayni paytda ish vizasiga ega xorijliklarning ko'pi Chikagoga kelishni istamayapti, deydi Tapaskar.

"Vaziyat sekin-asta o'zgaryapti. Keyingi paytda AQShga kelayotganlar janubga, xususan, Texas, Atlanta, Jorjiyagaga bormoqda", - deydi u.

Chikago shahri rejalash agentligi bosh tahlilchisi Elizabet shu shahar immigratsiyasidagi o'zgarishlarni o'rgandi.

"Moliyaviy inqirozdan oldin aksariyat yillar 50-60 ming muhojir kelgan. 2010-yildan beri ularning soni o'rtacha 23-24 mingni tashkil etmoqda", - deydi u.

Shuning aytishicha, bunday keskin kamayish Chikagoda aholi soni o'sishining to'xtab qolishiga hissa qo'shdi. Boston, Los-Anjeles va Nyu-York kabi shaharlarga qaraganda Chikago sekin o'smoqda.

"2005-yildan 2009-yilgacha Chikago hududi eng ko'p yangi muhojirlarni o'ziga jalb etish bo'yicha mamlakatda 4-o'rinda edi. 2009 dan 2014-yilgacha 8-o'ringa tushib qoldi. Demak, yillar bo'yi jiddiy kamayishga uchragan, odamlar boshqa joylarga ketyapti", - deydi u.

Tapaskarga ko'ra, muhojirlar nega Chikagoni emas, janubiy shtatlarni tanlayotganining sabablari ko'p.

"U yerlarda biznes qilish muhiti juda zo'r. Soliqlar pastroq bo'lishi ham mumkin. Shtat hukumatidan ish beruvchilar ham ko'plab imtiyozlar oladi", - deydi u.

Chikagoga yangi muhojirlarni olib kelishning bir yo'li, deydi Tapaskar, biznes uchun kerakli yuqori malakali xodimlarga ko'proq ish vizalarini berish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG