Breaking News

Yuriy Gagarin, deydi amerikaliklar, insonni samoga boshlagan


Chikagodagi Adler planetariysi Michigan ko'li bo'yida joylashgan, gumbazli bino.
Chikagodagi Adler planetariysi Michigan ko'li bo'yida joylashgan, gumbazli bino.

Chikago shahridagi Adler deb nomlangan planetariy 1930-yilda qurilgan. AQShdagi birinchi shunday inshoot. Fazoviy kashfiyotlar va muvaffaqiyatlarni aks ettiradi. Yaqindan boshlab o’z e’tiborini xalqaro tadqiqotlarga ham qaratmoqda, xususan yaqin tarixga.

Dumitru-Dorin Prunariu 50 yil avvalgi olamshumul voqealarni yaxshi eslaydi. 1961-yilda Ruminiyada sakkiz yashar bola edi. 12-aprelda Yuriy Gagarin kosmosga uchganini yaxshi eslaydi.

“Men opam va onam bilan uyda edim. Hammamiz radio eshitayotgan edik. Radiodagi dastur to’satdan to’xtatildi-yu, muhim xabar berildi. Birinchi insonning kosmosga uchgani haqida”.

Yuriy Gagarinning fazoni zabt etgani butun insoniyat uchun buyuk yutuq bo’lgan. Sovet Ittifoqida bu hodisa katta tantana bilan nishonlangan.

Yuriy Gagarin, 1934-1968
Yuriy Gagarin, 1934-1968

“Yuriy Gagarin chegaralarni, atmosferadagi chegaralarni kesib o’tgan”.

Gagarin bu rumin bolaga kuch-g’ayrat va ilhom berib, 20 yil o’tgach Prunariu Sovet Ittifoqining “Soyuz” raketasida fazoga uchdi. Ruminiyaning birinchi va hozirga qadar yagona kosmonavti.

“Yuriy Gagarin – timsol, va biz uni shu sababdan, ya’ni Yer atmosferasidan balandroqqa parvoz qila olgani uchun qadrlaymiz.”

“Gagarin parvozining ahamiyatini esdan chiqarmaslik kerak”.

Jeyms Endryus Ayova universitetida Rossiya tarixi professori. Uning izohicha, Sovet Ittifoqining birinchi sun’iy yo’ldoshi, “Sputnik“ni fazoga chiqargani, so’ngra, 3 yil o’tib Gagarinning parvozi AQSh uchun jiddiy zarba bo’lgan.

Shundan keyin Qo’shma Shtatlar fazoni kashf etishga kirishdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

“Sputnik” uchirililganidan keyin mana shunday buyuk hodisa yuz berdi. Haqiqiy qahramonlik edi, buni esdan chiqarmasligimiz kerak”.

“Biz boshqa davlatlar, xususan Sovet Ittifoqining bu sohadagi yutuqlarini yetarlicha o’rganmaganmiz. Lekin endi bunday yondashuvni o’zgartirmoqchimiz.”

Sovet Ittifoqining birinchi sun’iy yo’ldoshi “Sputnik“ni fazoga chiqargani, 3 yil o’tib Gagarinning parvozi AQSh uchun jiddiy zarba bo’lgan.
Sovet Ittifoqining birinchi sun’iy yo’ldoshi “Sputnik“ni fazoga chiqargani, 3 yil o’tib Gagarinning parvozi AQSh uchun jiddiy zarba bo’lgan.

Adler planetariysi rahbari Pol Nappenberger va fazogir Prunariu Gagaringa bag’ishlangan yodgorlikning ochilish marosimida yonma-yon turdi.

Gagarin haykali Moskva shahridan planetariyga sovg’a. U shu paytgacha amerikaliklarning fazodagi yutuqlarini aks ettirgan ko’rgazmadan doimiy o’rin oladi. Parvozdan 50 yil o’tgach. Endi bu byust doimiy tarzda shu yerda turadi, deydi bu maskan xodimlari. Boshqa byustlar qatori.

Napperberger bu katta o’zgarish deydi.

“Planetariyni kengaytirmoqchimiz, yangi bino quramiz. Unda fazoning o’rganilishiga bag’ishlangan ko’rgazma bo’ladi. Nafaqat Sovet Ittifoqi va AQSh o’tmishda erishgan yutuqlar, balki hozirgi vaqtda xalqaro sahnada kosmos masalasida nima bo’layotganiga ham e’tibor qaratmoqchimiz. Masalan, xususiy sektorning bu boradagi hissasiga.”

Hozirda BMTning Fazodan tinchlik maqsadida foydalanish qo’mitasini boshqarayotgan Prunariu tadqiqotlarning kelajagi porloq, deydi. Samodagi izlanishlar siyosiy raqobat emas, ilm-fanga asoslansin deydi u.

“Bu so’nggi cho’qqi emas. Kelajakda bizni Mars, Quyosh sistemasi, boshqa sayyoralar kutmoqda. Progressga mana shunday urinishlar orqali erishish mumkin. Insoniyat oldida jumboqlar ko’p hali”.

Yaqinda AQShning NASA kosmik tadqiqotlar agentligi eski fazo kemalarini bu planetariyga topshirdi. Odamlar ular bilan yaqindan tanishishi uchun. Chikagoning yangilanayotgan va Fazoviy fanlar markaziga aylanishi rejalangan bu maskan butun dunyo bilan hamkorlik qilishga tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG