AQShda bola tarbiyalash qimmatlashib bormoqda

  • Amerika Ovozi

AQShda farzand o’stirish borgan sari qimmatlashib bormoqda. Dushanba kuni e’lon qilingan yangi hisobotga ko’ra, bu mamlakatda bir bolani voyaga yetkazish qariyb chorak million dollarga tushadi.

AQSh Qishloq xo’jaligi departamenti e’lon qilgan hisobotda yozilishicha, o’rtacha daromadga ega oila 2013-yilda tug’ilgan bir bola uchun 18 yoshga to’lguncha 245 ming dollar sarflaydi.

Xarajatlarning katta qismi turar joy uchun talab qilinadi. Bu jami sarfiyatning uchdan birini tashkil etadi. Bog’cha, ta’lim va oziq-ovqat uchun ham ko’p pul xarj qilinishi aniqlangan.

2013-yilgi jami xarajatlar miqdori o’tgan yilga qaraganda ikki foizga ko’p.

Inflyatsiya ta’sirini inobatga olgan holda amalga oshirilgan hisob-kitobga ko’ra, 1960-yilda AQShda bir bolaning voyaga yetishi uchun sarflangan xarajat 199 ming dollarni tashkil etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG