Filip Morris Qozog'istonda bolalar majburiy mehnatiga ko'z yumayotganlikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Xyuman Rayts Uotch tashkiloti hisobot chiqarib, shunday xulosaga kelgan.

AQShda chop etiladigan "Nyu-York Tayms" gazetasi maqolasiga ko'ra, Qozog'istonda yosh bolalar tamaki dalalarida ekspluatatsiya qilinmoqda va AQShga qarashli Filip Morris kompaniyasi bunga ko'z yummoqda.

Inson huquqlari bulan shug'ullanuvchi "Human Rights Watch" tashkilotining bu boradagi hisobotida aytilishicha, dalalarda terilgan tamaki Filip Morrisga qarashli fabrikada sigareta tayyorlash uchun ishlatiladi. Kompaniyaning Shveysariyadagi vakili hisobotga "Filip Morris bolalar ekspluatatsiyasiga qarshi" deya munosabat bildirgan.

Maqolada xabar qilinishicha, "Human Rights Watch" tamaki fermalarida ishlovchi 68 kishi bilan suhbat qilgan. Ularning barchasi, jumladan bolalar qo'shni davlatlar fuqarolari bo'lgan. Asosan, qashshoq Qirg'izistondan. Suhbatdan ma'lum bo'lishicha, har mavsum Qozog'iston tamaki dalalarida mingga yaqin migrant ishchi mehnat qiladi.

Tashkilot nazarida Filip Morris bolalar mehnatiga qarshi ekanini aytsa-da, bunga qarshi sust kurashmoqda. Masalan, so'nggi yillarda sport kiyimlari va poyabzali ishlab chiqaruvchi dongdor kompaniyalar Osiyoda ular uchun mahsulot tayyorlovchi fabrikalarga bolalarni mehnatga jalb qilmaslik talabini qo'ygan.

"Human Rights Watch"ning Qozog'istondagi kuzatuvlari 72 holatda bolalar tamaki dalasida ishlatilganini aniqlab bergan. Filip Morris o'tgan yili Qozog'istonda 300 ta xo'jalikdan 1500 tonna tamaki xarid qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG