Breaking News

Dunyoda bolalarni majburlab ishlatuvchi davlatlar ro’yxati kengaymoqda


Hozir dunyoda 115 million bola ekspluatatsiya qilinadi
Hozir dunyoda 115 million bola ekspluatatsiya qilinadi

Davlat departamenti tuzgan bu ro’yxatga 12 davlat qo’shilgan, aksariyati Afrikada. Jami 70 mamlakat tilga olinadi, ular orasida O’zbekiston ham bor.

Hisoblarga ko’ra, hozir dunyoda 115 million bola ekspluatatsiya qilinadi. Har bir qit’a, har bir regionda bor bu illat, deyiladi AQSh Davlat departamenti hisobotida.

Ro’yxatga bu yil qo’shilgan davlatlar: Angola, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Salvador, Efiopiya, Lesoto, Madagaskar, Mozambik, Namibiya, Ruanda, Zambiya va Zimbabve.

“Asosan qishloq xo’jaligi haqida gap ketmoqda”, - deydi Davlat kotibi muovini Sandra Polaski. “Bolalar paxta, shakar, tamaki, kofe, guruch yetishtirish va chorvachilik sohalarida ishlatilmoqda”.

AQSh qonunchilari O’zbekistonda paxta yig’im-terimiga bolalarni majburlab olib chiqish ham xalqaro qonunlarga zid deb keladi.
AQSh qonunchilari O’zbekistonda paxta yig’im-terimiga bolalarni majburlab olib chiqish ham xalqaro qonunlarga zid deb keladi.

Bolalar ekspluatatsiyasi eng ko’p tarqalgan mamlakatlar - Hindiston va Xitoy.

AQSh senatori Tom Xarkin bolalar mehnati bilan ishlangan mahsulot importini taqiqlovchi qonunni olg’a surgan arbob.

“Oilaviy fermada ishlayotgan bola haqida gapirmayapmiz. Maktabdan keyin ota-onasiga qarashayotgan bola haqida gap ketmayapti. Majburlab ishlatilayotgan, bilimdan, ma’rifatdan mahrum qilinayotgan bolalar bu. Hech bir millat bu yo’l bilan taraqqiyotga erisha olmaydi”, - deydi qonunchi.

Senator Xarkin O’zbekistonda paxta yig’im-terimiga bolalarni majburlab olib chiqish ham xalqaro qonunlarga zid deb keladi.

Bolalar ekspluatatsiyasi eng ko’p tarqalgan mamlakatlar - Hindiston va Xitoy.
Bolalar ekspluatatsiyasi eng ko’p tarqalgan mamlakatlar - Hindiston va Xitoy.

Respublika rahbariyati rasman chora ko’rgan bo’lsa-da, amalda buning isboti ko’zga tashlanmaydi, deydi u.

Bu yilgi paxta terimida ham maktablar yopilgan, o’quvchilar ommaviy tarzda dalaga olib chiqilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG