Xitoy qo’shnilarga "keraksiz harbiy ittifoqlarga kirmang" deydi

  • Amerika Ovozi

Amerika va Filppin oy boshida qo'shma harbiy mashqlar o'tkazdi

Amerika va Filppin oy boshida qo'shma harbiy mashqlar o'tkazdi

Xitoy rahbari Shi Zinpin shu tariqa mintaqa davlatlarining Amerika bilan mudofaa bobida yaqin hamkorligiga ishora qilayapti.

Xitoy prezidenti Shi Zinpin Osiyo davlatlarini keraksiz harbiy ittifoqlarga kirmaslik haqida ogohlantirayapti.

U shu tariqa mintaqa davlatlarining Amerika bilan mudofaa bobida yaqin hamkorligiga ishora qilayapti.

Shi Zinpin bu haqda Shanxayda, Osiyoda muloqot va ishonchni tiklash anjumanida so’zladi. Ushbu regional guruh yordamida Xitoy Qo’shma Shtatlarning ta’sirini kamaytirish harakatida.

Mustaqillik va hududiy yaxlitlik, ichki ishlarga aralashmaslik kabi xalqaro tamoyillarni hurmat qilishimiz lozim, deydi Xitoy rahbari. Chet davlatlar bilan harbiy ittifoqlar tuzish esa ichki, regional manfaatlarga ziyon qilishi aniq, deydi u.

Xitoy dengizda zaxiralar borasida bahslashib qo’shnilarni kuch bilan qo’rqitishgacha borayotgani aytiladi. Shu bois mintaqadagi qo’shnilar Qo’shma Shtatlar bilan harbiy rishtalarni mustahkamlayapti.

Xitoy ayniqsa Vyetnam va Filippin bilan Janubiy Xitoy dengizida bot-bot janjallashmoqda. Yaponiya bilan esa Sharqiy Xitoy dengizida tortishayapti. Ziddiyat oxirgi oylarda keskin tus olgani aytiladi.

Osiyoda Muloqot va ishonchni tiklash guruhiga Vyetnam, Eron, Rossiya, Amerika va boshqa davlatlar kiradi. Filippin va Yaponiya tashkilotga a’zo emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG