Oq uy: Xitoy kiber-jinoyatchilikka qarshi qat’iy chora ko’rsin

  • Amerika Ovozi

Oy uy Xitoyni kiber-jinoyatchilikka qarshi qat’iy chora ko’rishga undab, bu masala AQSh-Xitoy rishtalari uchun jiddiy muammo tug’dirishi mumkin, demoqda.

Davlat xavfsizligi bo’yicha maslahatchi Tom Donilon so’zlariga ko’ra, Xitoy amalga oshirayotgan xakerlik hujumlari nafaqat xavfsizlikka, balki iqtisodiyotga ham ziyon qilmoqda.

Amerika kompaniyalari muvaffaqiyatli bizneslarga doir maxfiy axborotni o’marish hollaridan xavotirda. Xitoy bu muammoni tan olib, izchil tergov o’tkazishi va qaroqchilikka chek qo’yishi lozim, deydi Donilon.

Internet xavfsizligi bo’yicha guruh o’tgan oy Xitoy harbiylarini AQShning 150 kompaniya va tashkilotlaridan muhim axborotni o’g’irlaganlikda ayblab chiqqan edi.

Xitoy mudofaa rasmiylari bu da’voni rad etib, aksincha, Qo’shma Shtatlarda asoslangan xakerlarni Xitoy harbiy saytlariga hujum qilganlikda aybladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG