Qo'shma Shtatlar moliya vaziri Xitoyda

  • Amerika Ovozi

Yuan qiymatini bozorga qo’yib bering, deydi Amerika vaziri Jek Lyu.

Yuan qiymatini bozorga qo’yib bering, deydi Amerika vaziri Jek Lyu.

Vazir Jek Lyu Xitoyni milliy valyuta qiymatini belgilashda bozorga ko’proq erkinlik berishga undadi.

Amerika Moliya vaziri Jek Lyu Xitoyni milliy valyuta qiymatini belgilashda bozorga ko’proq erkinlik berishga undadi.

Pekinga borgan Lyu bugun mahalliy rasmiylar bilan ko’rishishi kerak.

Yuan qiymatini bozorga qo’yib bering, shunda ichki iqtisodiy o’sish va global savdo o’rtasida muvozanat tiklanadi, deydi Amerika vaziri.

Bahor boshida Pekin yuanni biroz bo’sh qo’yishini ma’lum qilgan edi. Vashington bu qarorni olqishlayapti.

Biroq AQSh Moliya vazirligi hisobicha, xitoy puli hali ham dollarga nisbatan nihoyatda past bahoda ushlab turilibdi.

Natijada Xitoy mahsuloti Amerika moliga qaraganda arzon. AQSh tovari qimmatroq ekani sababli xitoyning eksporti doim mo’lroq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG