Xitoy portlashlar ro'y bergan shahardan odamlarni ko'chirmoqda

  • Amerika Ovozi

Tyanzin, Xitoy. 14-avgust, 2015-yil.

Tyanzin, Xitoy. 14-avgust, 2015-yil.

Xitoy hukumati shu hafta portlashlar ro'y bergan Tyanzin shahri atrofidan odamlarni evakuatsiya qila boshlagan.

Sanoatlashgan bu shaharda portlagan ombor tevaragida kimyoviy zaharlanish xavfi kuchli ekani aytiladi. Shuning uchun uch kilometr radiusdan odamlar majburlab ko'chirilayapti.

Ombor yaqinida o'limga yetaklovchi sianid moddasi aniqlangan, deya yozadi mahalliy matbuot. 200 dan oshiq yadro olimi va biokimyo bo'yicha mutaxassis hududni ko'zdan kechirayapti.

Hozirgacha hukumat hudud odamlar uchun xavfsiz deya ta'kidlab kelayotgan edi. O'sha atrofda yana bir yong'in boshlangani bois qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtincha to'xtatilgan.

Tyanzin shahrida shu hafta ro'y bergan ikki kuchli portlash 104 kishini hayotdan olib ketdi. Shulardan 21 nafari o't o'chiruvchilari. Yana ko'plarning daragi yo'q. Yuzlab fuqarolar kasalxonada qolayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG