Xitoy radarda ko’rinmas qiruvchi samolyotini sinovdan o'tkazgan

  • Amerika Ovozi

Geytsning sa’y-harakati bilan ikki davlat mudofaa vazirliklari harbiy almashinuvni yo’lga qo’yishga kelishib olgan

Geytsning sa’y-harakati bilan ikki davlat mudofaa vazirliklari harbiy almashinuvni yo’lga qo’yishga kelishib olgan

Bu sinov AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning tashrifi bilan bir paytda kechgan.

Bugun prezident Xu Tsintao bilan ko’rishgan Geytsning aytishicha, bu nafaqat dunyo ahli, balki Xitoy rahbariyati uchun ham kutilmagan yangilik bo’lgan. AQSh rasmiylari taajjubini yashirmayapti.

Geyts prezident Xu bilan uchrashuv paytida o’ta tezkor, radar bilan ilg’ab bo’lmas qiruvchi samolyot sinovi haqida so’ragan. Xitoy rahbari harbiylar o’tkazgan sinovdan bexabar ekanini aytgan.

Geyts nazarida Xitoy qurolli kuchlari va hukumat o’rtasida aloqa yaxshi emas va harbiylar ba’zida o’zi bilganicha ish ko’rayotgan bo’lishi mumkin.

Safari chog’ida vazir AQSh va Xitoy o’rtasida harbiy strategik dialog o’tkazishni taklif qildi. Rasmiy Pekin “o’ylab ko’ramiz”, deya javob qilgan.

Bugun prezident Xu Tsintao bilan ko’rishgan Geytsning aytishicha, bu nafaqat dunyo ahli, balki Xitoy rahbariyati uchun ham kutilmagan yangilik bo’lgan.

Bugun prezident Xu Tsintao bilan ko’rishgan Geytsning aytishicha, bu nafaqat dunyo ahli, balki Xitoy rahbariyati uchun ham kutilmagan yangilik bo’lgan.

AQSh-Xitoy harbiy aloqalari hozir shundog’am tarang. Qo’shma Shtatlar orol davlat Tayvanga bir necha milliard dollarlik qurol sotishga qaror qilgan, bu esa Pekin e’tiroziga sabab bo’lgan edi.

Xitoy Tayvanni o’z hududi deb biladi. Shundan so’ng Xitoy mudofaa bobida AQSh bilan hamkorlik to’xtatgan.

Geytsning tashrifi bu ixtilofni yumshatishga qaratilgan edi. Vazirning aytishicha, Vashington Pekin xavotirini tushunadi va kelgusida Tayvan bilan harbiy savdoni kamaytirishi mumkin.

Xitoy tomoni AQShdan o’zga davlat suverenitetini hurmat qilishga da’vat etib keladi.

Bu ziddiyatga qaramay Robert Geyts Xitoyga safarini ijobiy deya baholaydi. Biroq AQSh-Xitoy mudofaa rishtalarini to’liq tiklash uchun ko’proq vaqt zarur, deydi u.

Geytsning sa’y-harakati bilan ikki davlat mudofaa vazirliklari harbiy almashinuvni yo’lga qo’yishga kelishib olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG