Xitoy delegatsiyasi Hindistonda

  • Amerika Ovozi

Osiyodagi ikki yirik davlat Hindiston va Xitoy bosh vazirlari Ven Jibao va Manmoxan Singx

Osiyodagi ikki yirik davlat Hindiston va Xitoy bosh vazirlari Ven Jibao va Manmoxan Singx

Xitoy Bosh vaziri Ven Jibao bugun Hindistonga safar qilmoqda.Maqsad Osiyodagi ikki yirik davlat, iqtisodiyoti jadal o’sib borayotgan yurtlar o’rtasida ishonchni mustahkamlash. Delegatsiyaga 300 dan ziyod tadbirkor hamrohlik qilmoqda.

Tomonlar bank, energetika, qurilish va xizmat ko’rsatish kabi sohalarda bitimlar imzolashi kutilmoqda.

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vishnu Prakash aloqalar yil sayin yaxshilanmoqda, deydi.

Ammo ikki davlat qarashlari, yondashuvi tubdan farq qilishi sir emas. Hindiston va Xitoy bosh vazirlari Ven Jibao va Manmoxan Singx ertaga ko’rishib, mana shunga oydinlik kiritish niyatida.

Chegara bo’yicha kelishmovchililar mana bir necha yildirki yechimini kutmoqda. Harbiy aloqalar ham tarang.

Hindiston nazarida Xitoy uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga raxna solmasligi kerak. Ikki davlatni bir-biridan Himolay tog’lari ajratib turadi. 3500 kilometrlik chegara bor.

Xitoy o’z mulki deb biladigan Shinjon-uyg’ur muxtoriyati va Tibet Hindistonga qo’shni. Chegaraviy muammolar sabab Hindiston va Xitoy 1962 yilda urush qilgan.

Biroq iqtisodiyot sohasida aloqalar maromida. Xitoy-Hindiston savdo aylanmasi yiliga 60 milliard dollarni tashkil etadi. Xalqaro maydonda iqtisodiy o’sish sust bir pallada ikki davlat gullab-yashnamoqda.

Ammo Hindiston Xitoyni xolisroq bo’lishga, erkin raqobat qoidalariga amal qilishga undamoqda.

“Savdo muvozanati buzilgan”, deydi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vishnu Prakash. Yuqori texnologiya, farmasevtika, qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosida Xitoy o’z kompaniyalariga ko’proq imtiyoz bermoqda, deydi u.

Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashida doimiy vakil maqomini olishni ko’zlamoqda. Dehli bu masalada Xitoy madadidan, kengashning doimiy a’zosidan umidvor.

Xitoy delegatsiyasi so’ng Pokistonga, Hindistonga qo’shni davlatga yo’l oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG