Xitoyda sanoat parki yer ostida qolib ketdi

  • Amerika Ovozi

Xitoyning Guandun viloyati Shenchjen shahrida kecha ulkan yer ko'chishi yuz berib, 91 odam sanoat parki ostida qolib ketgan.

Guvohlarning aytishicha, ulkan loy to'lqinlari sanoat parkini yuvib ketgan. Hodisada 33 bino vayron bo'lgan yoki jiddiy zararlangan; jumladan, 14 zavod, ikkita ofis binosi va uch yotoqxona loy ostida qolgan. Qidiruv va qutqaruv ishlariga 1500 odam jalb qilingan. Ular 50 ming kv. metr maydonda tozalash ishlarini olib bormoqda.

Yer va zaxiralar vazirligi e'lon qilgan bayonotga ko'ra, kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida 100 metr balandlikdagi qurilish chiqindilari saqlanadigan ombor ochilib ketgan. Yer ko'chishi yaqin atrofdagi tabiiy gaz quvurlaridan birida portlash ro'y berishiga ham sabab bo'lgan.

Sinxua axborot agentligining xabar berishicha, yo'qolganlar 59 erkak va 32 ayoldan iborat. Yer ko'chishi oldidan 900 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo'lishgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG