Xitoy amerikalik jurnalistni mamlakatdan haydadi

  • Amerika Ovozi

"Nyu-York Tayms" gazetasining binosi

"Nyu-York Tayms" gazetasining binosi

Xitoy AQShning “Nyu-York Tayms” gazetasi muxbirini vizasini yangilamaganlik da’vosi bilan mamlakatdan haydagan.

Faollar nazarida rasmiy Pekin shu tariqa xorij matbuotida kommunistik partiya ishi tanqid qilinayotgani uchun o’ch olmoqda.

“Nyu-York Tayms” gazetasi Xitoy rahbariyatiga bir necha bor murojaat qilib, jurnalist Kris Baklining vizasini uzaytirishni so’ragan.

Lekin rasmiylardan rad javobi olingan.

Nashr o’tgan yilning oktabrida Bosh vazir Ven Ziabao va uning oilasi orttirgan mo’maygina mol-dunyo haqida maqolalar chop etgan, shundan keyin Xitoyda “Nyu-York Tayms”ning saytlari to’sib qo’yilgan edi.

O’tgan may “Al-Jazira” telekanali muxbiri Melissa Chan Xitoyda yarim-qonuniy qamoqxonalar haqida lavhalar tayyorlagani uchun mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG