Matbuot erkinligi haqidagi spektakl Xitoy sahnalarida

  • Amerika Ovozi

Amerika san'atkorlari Xitoy teatr sahnasida

Amerika san'atkorlari Xitoy teatr sahnasida

Amerika teatrining “O’ta maxfiy: Pentagon xujjatlari uchun kurash” deb nomlangan spektakli Xitoy sahnalarida qo’yildi. Pyesa davlat sirlari va fuqaroning axborot olish huquqi o’rtasidagi ziddiyatni aks ettiradi. Spektakl Xitoy ahli orasida katta qiziqish uyg’otgan.

Qanday ma’lumot maxfiy, ya’ni sir saqlanishi kerak? Qay hollarda fuqarolar hukumatdan ma’lumot talab qila oladi? Xitoy sahnalarida qo’yilgan spektakl aynan shunday savollarga javob izlaydi.

Prezident Nikson va Davlat kotibi Kissinger obrazlari... "Pentagon hujjatlari" mashmashasi paytida Richard Nikson prezident va Genri Kissinger Davlat kotibi edi.

Prezident Nikson va Davlat kotibi Kissinger obrazlari... "Pentagon hujjatlari" mashmashasi paytida Richard Nikson prezident va Genri Kissinger Davlat kotibi edi.

Pyesa 40 yil avvalgi siyosiy mashmashalar haqida. Muallif - Jefri Kovan, “Amerika Ovozi” radiosining sobiq direktori. So’z erkinligidan dars berayotgan paytida u bu borada pyesa yozishga qaror qiladi.

“Pentagon xujjatlari” 60-yillarda Vashingtonning Vyetnam urushiga qo’shilish-qo’shilmaslik haqidagi qarorini ochib beradi.

1971-yilda Oq Uy “Vashington Post” va “Nyu-York Tayms” gazetalarini bu maxfiy xujjatlarni qo’lga kiritib, chop etganligi uchun sudga beradi. Pyesa aynan o’sha sud ishi haqida.

Qahramonlardan biri – “Vashington Post” gazetasining o’sha davrdagi rahbari Ketrin Grem. U xujjatlarni chop etishga qaror qilgan.

Spektakl Shanxay, Guanchjou va Pekin tomoshabinlariga havola etilmoqda.

Prodyuser Syuzan Lovenberg

Prodyuser Syuzan Lovenberg

Prodyuser Syuzan Lovenberg gastrolni uyushtirish ustida ikki yil ter to’kdi va mehnati samara berganidan mamnun.

”Guanchjouda spektakl juda zo’r o’tdi. Ketrin Grem xujjatlarni chop etamiz deganida, zaldagilar qarsak chalib yubordi. Sud ishni ko’rib chiqib, gazeta yutgani haqida qaror qabul qilganida ham tomoshabinlar qarsak chaldi”.

Pyesa Amerika tarixi bilan bog’liq bo’lsa-da, Xitoydagi vaziyatga yaqin jihatlari bor. Masalan hukumatning ko’p narsani sir saqlashga intilishi. Xalq o’zi xulosa qiladi, deydi muallif Jeffri Kovan.

"Pyesaning Xitoyda taqdim etilganidan nihoyatda xursandman. Chunki bu mavzu bu xalq uchun juda dolzarb”,- deydi professor.

Shanxay

Shanxay

“O’sha davrda yashagan amerikalik jurnalistlarning dovyurakligi meni hayratga soldi. Biz ham saboq olsak bo’ladi”, - deydi xitoylik tomoshabinlardan biri.

”Amerikaliklar doim o’z fikriga ega. So’z erkinligi yuzasidan odamlar ochiq gapira oladi,” - deydi yana bir tomoshabin.

Shanxay va Pekinda tomoshabinlar spektaklni ochiq muhokama qilish imkoniga ega bo’ldi. Ammo boshqa universitetlarida tashkil etilgan davra suhbatlari bekor qilindi. Rasmiylar bahs-munozara spektakldan boshqa mavzularga o’tib ketishi mumkin deya xavotir bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG