Shinjonda 55 kishi 7000 odam oldida jazoga tortildi

  • Amerika Ovozi

Xitoy g'arbidagi Shinjon viloyati Yili shahrida omma oldida hukm chiqarilmoqda, 27-may, 2014-yil

Xitoy g'arbidagi Shinjon viloyati Yili shahrida omma oldida hukm chiqarilmoqda, 27-may, 2014-yil

Xitoy davlat matbuotiga ko’ra, bugun Shinjon sudi viloyatdagi stadionda terrorchilikda ayblangan 55 odam ustidan yetti ming kishilik omma oldida hukm chiqardi.

Uch nafari o’limga, qolganlari qotillik, separatizm, terror guruhlarini uyushtirganlik yoki ularning faoliyatida ishtirok etganlik aybi bilan qamoqqa mahkum etildi.

Politsiya o’xshash ayblovlar bilan yana 65 kishining hibsga olingani haqida ma’lum qildi.

Kecha Shinjonning uyg’urlar yashovchi Hotan shahrida besh kishi qo’lga olinib, ularning yonidan bomba tayyorlashda qo’l keluvchi materiallar topildi. Rasmiylarga ko’ra, hibsga olinganlar portlovchi moddalarni mashinaga o’rnatib, xuruj uyushtirmoqchi bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG