Xitoy, Rossiya milliardlab dollarlik gaz bitimi imzoladi

  • Amerika Ovozi

Rossiyaning Gazprom va Xitoyning Milliy Petroleum korporatsiyasi bitim imzoladi. Unga ko’ra, 2018-yilgacha ikki davlatni ulovchi yangi gaz quvuri foydalanishga topshiriladi.

Rossiyaning Gazprom va Xitoyning Milliy Petroleum korporatsiyasi bitim imzoladi. Unga ko’ra, 2018-yilgacha ikki davlatni ulovchi yangi gaz quvuri foydalanishga topshiriladi.

Xitoy va Rossiya kecha Katta Sakkizlik sammiti doirasida gaz savdosiga doir yirik bitim imzoladi.

Uzoq muddatga ko’zlagan kelishuv Rossiyadan Xitoyga yiliga 38 milliard kubometr gaz uzatishni nazarda tutadi.

Unga ko’ra, 2018-yilgacha ikki davlatni ulovchi yangi gaz quvuri foydalanishga topshiriladi.

Xitoy rahbari Shi Zinpin Turkmanistonda to’xtab, keyin Rossiyaga borgan. Chorshanba kuni u Afg’oniston bilan chegarada gazni qayta ishlovchi yirik yangi inshootni ochib berdi.

Bu konni qayta ishlash uchun Pekin Ashgabatga 8 milliard dollar qarz berib turdi.

Bundan tashqari, kommunistik davlat gazni O’zbekiston va Qozog’iston orqali Xitoyga yetkazuvchi 1800 kilometrlik quvurni ham moliyalamoqda.

Ushbu loyiha Turkmanistonni Xitoyning eng yirik gaz ta’minotchisiga aylantirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG