Rossiya Xitoyni 30 yil gaz bilan ta'minlaydi; O'zbekiston rahbari ishonch haqida gapirdi

  • Amerika Ovozi

Vladimir Putin, Shi Zinpin Osiyoda Ihamkorlik va ishonch choralari kengashi sammitida.

Vladimir Putin, Shi Zinpin Osiyoda Ihamkorlik va ishonch choralari kengashi sammitida.

Ukrainadagi inqiroz sababli G'arb tomonidan yakkalanib qolgan Kreml mahsulotini Yevropadan boshqa davlatlarga taklif qilmoqda.

Xitoy davlat matbuotining yoritishicha, Moskva va Pekin bir necha milliard dollarlik gaz bitimi bo’yicha kelishgan.

Rossiyaning Gazprom va Xitoyning davlat neft kompaniyasi erishgan shartnoma tafsilotlari hali ma’lum emas.

Hujjat Shanxayda, prezident Vladimir Putinning tashrifi paytida imzolangan. U Xitoy rahbari Shi Zinpin bilan hafta boshida ko’rishgan, ikkisi gaz narxida tortishgan edi. Rahbarlar Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi sammiti doirasida ko’rishdi.

Hujjatga ko’ra, Xitoy Rossiyadan kelasi 30 yilda tabiiy gaz olib turadi. Bu shartnoma qariyb 10 yildan beri muhokama qilinayotgan edi.

Ikkisi mintaqaviy tinchlikni ta’minlashda Rossiya-Xitoy hamkorligi zaruratini ta’kidladi.

Ukrainadagi inqiroz sababli Kreml G’arb tomonidan tobora yakkalab qo’yilmoqda. Moskva AQSh va Yevropaning iqtisodiy sanksiyalariga uchragan.

Shu sababli Rossiya o’z gazini Yevropadan boshqa xaridorlarga sotishni ko’zlayapti.

Shanxaydagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashi sammitida O’zbekiston rahbari Islom Karimov ham qatnashdi. O'z chiqishida u o'zaro ishonchga urg'u berdi.

Ishonch, deydi Karimov, "muhim element va asosiy majburiyat". Tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yuzasidan har qanday muzokara usiz samara bermaydi, deya ta'kidladi prezident.
O'zbekiston prezidenti Islom Karimov ham Shanxaydagi sammitda qatnashdi.

O'zbekiston prezidenti Islom Karimov ham Shanxaydagi sammitda qatnashdi.

O'zbekiston rahbari Xitoy prezidenti Shi Zinpin bilan alohida ko’rishgan. Asosan savdo, iqtisodiyot, infratuzilma va tabiiy gaz ta’minoti yo’nalishida hamkorlik haqida gaplashib olingan.

Shi Zinpin davlatlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, Karimov bilan shaxsiy rishtalarni mustahkamlashga tayyor ekanini aytgan. O'zbekiston rahbari esa Xitoyni strategik hamkor deya olqishladi.

Xitoy - O'zbekistonning eng yirik savdo hamkori. Mamlakatga eng ko'p sarmoya kiritayotgan ham aynan shu kommunistik davlat. Har ikkisi yopiq jamiyat ekan, jahon hamjamiyati tomonidan huquq va erkinlik borasida bot-bot tanqid qilinadigan avtoritar rahbarlar bir-biriga suyanadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG