Pekindagi voqea terror xuruji deya ta'riflanib, uyg'urlar ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Pekinning Tiananmen maydonida bir mashina trotuarga chiqib, odamlarni urgan, Xitoy, 28-oktabr, 2013-yil

Pekinning Tiananmen maydonida bir mashina trotuarga chiqib, odamlarni urgan, Xitoy, 28-oktabr, 2013-yil

Xitoy hukumati shu hafta poytaxt Pekinda ro’y bergan noxush voqeada uyg’urlarni ayblamoqda. Dushanba kuni Tiananmen maydonida bor odam mashinasini olomonga urib, besh kishi nobud bo’lgan.

Surgundagi uyg’ur faollari millat vakillariga qarshi ayblovlarni inkor etib, hukumat uyg’urlarni yanada taq’ibga olish uchun bahona qidirmoqda, deydi.

Ma’lum bo’lishicha, maydon yoqalab ketayotgan avtomobil birdan trotuarga burilib, ikki sayyohni urgan. Mashina alanga olib, ichidagi uch kishi ham jon bergan.

Hukumat voqeada uyg’urlarni ayblamoqda. Ayni damda politsiya ularning shaxsini aniqlashga urinyapti.

Xitoy nazarida Shinjondagi bo’lginchi kuchlar mustaqillik uchun kurashmoqda. So’nggi yillardagi xurujlar ularning ishi, deyiladi rasmiy bayonotda.

Biroq xorijdagi uyg’ur faollari millatdoshlariga qo’yilayotgan terrorizm bilan bog’liq ayblovlarni inkor etmoqda. Tiananmen maydonidagi voqea bo’yicha shoshilinch xulosa chiqarish noto’g’ri, deydi Jahon uyg’urlari kongressi yetakchisi Olim Seytoff.

"Xitoy hukumati unga qarshi qaratilgan har bir zo’ravonlik, har bir nozo’ravon harakatda uyg’urlarni ayblashga o’rganib qolgan. Shu bilan Pekin o’zining Sharqiy Turkistondagi uyg’urlarga nisbatan qattiqqo’l siyosatini oqlashga urinmoqda", - deydi faol.

Bugun dushanba kungi voqea munosabati bilan besh kishi hibsga olingan, to’rt nafari uyg’ur. Politsiya avtomobil ichidan pichoqlar, po’lat tayoqlar va diniy ekstremistik mazmundagi shiorlar bitilgan bayroq topilganini aytmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG