Xitoyda o’ziga o’t qo’yish hollariga qarshi kampaniya

  • Amerika Ovozi

Tibetliklar namoyishi

Tibetliklar namoyishi

Xitoy sudi tibetlik rohibni o’ziga o’t qo’yishga ko’ndirishga uringan odamni 13 yilga qamagan. Hukumat shu tariqa o’zini yoqish holatlarini tugatishga urinmoqda.

Phagpa ismli bu shaxs rohibga “Tibet xalqi ozodligi va erkinligi uchun joningni fido qil” deya da’vat etgan, deyiladi sud hukmida, va atayin odam o’ldirishda aybdor. Holbuki, monax uning gapiga kirmagan va hamon sog’-omon.

Oxirgi uch yilda Xitoyda salkam 100 tibetlik rasmiy Pekinga qarshi isyon, vatan, madaniyat va din himoyasi yo’lida deya o’zini yondirgan. Xitoy hukumati buni terrorizm deya ta’riflaydi.

Davlatga qarashli matbuotda o’tgan hafta AQSh moliyalovchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Amerika Ovozi”ni tibetliklarni o’z joniga qasd qilishga undashda ayblovchi dastur efirga uzatilgan.

Unda aytilishicha, “Amerika Ovozi” Tibet ahli bilan muloqot qilish uchun maxfiy koddan foydalanmoqda. “Amerika Ovozi” direktori Deyvid Ensor mazkur da’volarni rad etmoqda.

“Tibetda joniga qasd qilish hollari dahshatli. Bularni yoritib borayapmiz, lekin qo’llab-quvvatlayotganimiz yo’q”, - deydi Ensor.

Mintaqani o’rgangan olim, Avstraliya Universitetidan Jon Mastersning aytishicha, Xitoy hukumati uchun aybni chetdan izlash yangilik emas.

“Rahbariyat Tibet muammosini faqat kuch bilan hal qilishdan u yog’iga o’ta olmayapti. Ziddiyat kuchaygani sari, to’polon ham avjiga chiqaveradi. Holbuki, strategiyani qayta ko’rib chiqish, boshqa yo’llarni ham qo’llash haqida o’ylamayapti ular”, - deydi olim.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG