AQSh iqtisodi botqoqda, Xitoy esa eksportni oshirmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy mollarining eksport hajmi o’tgan oy deyarli 10 foizga oshgan. Asosiy xaridorlar – Yevropa Ittifoqi va Qo’shma Shtatlar.

Import hajmi esa Xitoyda sentabrda 2,4 foizni tashkil etgan.

Dunyoning iqtisodiy jihatdan ikkinchi eng qudratli davlati bir oyda savdodan 27,7 milliard dollar qo’shimcha daromad olgan.

Amerikada yangi moliyaviy yil boshlanar ekan, byudjetdagi kamomad 1 trillion dollardan yuqori. To’rt yildan beri shu ahvol.

Obama ma’muriyati iqtisod astalik bilan yaxshilanmoqda deb qanchalik bong urmasin, ko’rsatkichlar bag’oyat past.

Saylov oldidan butun e’tibor iqtisodiy vaziyatda. Respublikachilar Oq Uyni demokratlardan tortib olish va Kongressda yanada ko’proq o’ringa ega bo’lish uchun diqqatni aynan ishsizlikka qaratmoqda.

Qayta saylanishga bel bog’lagan prezident Barak Obama moliyaviy qiyinchiliklarni astalik bilan yengamiz deya qayd etmoqda.

Uning raqibi Mitt Romni esa Obama to’rt yilni bekor o’tkazdi, ishni eplay olmadi deydi.

O’z biznes tajribasini ko’z-ko’z qilayotgan Romni mehnat o’rinlari yaratishni mana men uddalayman, deya targ’ib qilmoqda.

Reytinglarga ko’ra, Obama va Romni prezidentlikka saylanish uchun deyarli teng imkoniyatga egadek.

Saylov 6- noyabrda.




  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG