Xitoyda to’rt uyg’ur o’lim jazosiga mahkum etildi

  • Amerika Ovozi

Xitoyda to’rt uyg’ur o’lim jazosiga mahkum etildi

Xitoyda to’rt uyg’ur o’lim jazosiga mahkum etildi

Xitoyning Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida shu yil yozda ro’y bergan zo’ravonliklar tergov qilinib, to’rt uyg’urga o’lim jazosi berildi.

Sud jarayonlari Qashg’ar va Xo’tan shaharlarida o’tdi. Xalqaro huquq tashkilotlari va faollarning da’vo qilishicha, sudlanuvchilar qiynoqlar ostida aybiga iqror qilingan.

To’rt uyg’ur qotillik, binolarga o’t qo’yish hamda terror tashkilotini yuritganlikda aybdor deb topilgan. Yana ikki uyg’ur 19 yilga qamoqqa tashlandi.

Xitoyda to’rt uyg’ur o’lim jazosiga mahkum etildi

Xitoyda to’rt uyg’ur o’lim jazosiga mahkum etildi

Shu yilning iyul oyida Xo’tan va Qashg’ardagi to’qnashuvlarda 30 dan ziyod odamning yostig’i qurigan edi. Bu ikki shaharda politsiya idorasi va restoranga o’t qo’yilgan, bir necha kishi pichoqlanib, politsiya bilan olishuv qonli tugagan edi.

Faollarning aytishicha, bu voqealarga aloqadorlikda ayblangan uyg’urlar qiynoqqa solingan va huquqiy himoyadan mahrum etilgan.

Xitoy hukumati so’zlovchisi Shiang Yu bu da’volarni inkor etib, hukm adolatli ekaniga shubha yo’q deydi.

“Separatizm va terrorizmga qo’l urgan shaxslar qonun oldida javob beradi. Hukumatning vazifasi - xavfsizlik, taraqqiyot va milliy birdamlikni ta’minlash”, - deydi davlat matbuot kotibasi.

Xo'tan, Shinjon

Xo'tan, Shinjon

Musulmon aholi yashovchi Shinjon shu yilning o’zida bir necha bor qonli voqealarga sahna bo’ldi. Rasmiy Pekin ta’biricha bu Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati degan ekstremist guruhning ishi.

Vashingtonda asoslangan Uyg’ur-Amerika Uyushmasining bildirishicha, mintaqa tobora notinch ekaniga Xitoyning o’zi aybdor.

“Terrorga qarshi kurash bahonasida bu elatni yo’q qilish, Sharqiy Turkistonni xitoylar makoniga aylantirish uchun harakat ketmoqda”, - deydi Robiya Qodir, jahon uyg’urlari yetakchisi.

Sharqiy Turkiston Islomiy Harakatini al-Qoida bilan hamkorlikda ayblagan Xitoy Qashg’ar va Xo’tanda aksil-terror operatsiyalarini kengaytirib, hamkor davlatlardan bu guruh a’zolarini deportatsiya qilishni so’rab keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG