Xitoy: Uyg'ur faollar al-Qoidaning hamkori

  • Amerika Ovozi

Urumchi ko'chalarida

Urumchi ko'chalarida

Yaqinda Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida qo’shni mamlakatlar bilan hamkorlikda terrorizmga qarshi harbiy mashqlar o’tkazgan Xitoy uyg’ur ozodlik harakatini ekstremizmda ayblashda davom etmoqda.

Xitoy hukumati nazarida chet eldagi uyg’ur faollar mamlakat tinchligiga raxna solmoqda.

Robiya Qodir yetakchiligidagi dunyo uyg’urlari esa Xitoyni bu elatga nisbatan bo’hton va zulmda ayblab keladi. Xitoy uyg’ur madaniyati, tili va umuman elatni yo’q qilishga urinmoqda, deydi ular.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiylarining so’zlariga ko’ra, mamlakatda terrorizm tahdidi kuchli.

“Biz bu tahdidga qarshi chora ko’rishda xalqaro jamiyat bilan hamkorlik qilayapmiz”, - deydi Tsiang Yu, vazirlik so’zlovchisi.

Chinese foreign ministry spokeswoman Jiang Yu responds to questions during a press briefing in Beijing (File Photo)

Chinese foreign ministry spokeswoman Jiang Yu responds to questions during a press briefing in Beijing (File Photo)

Al-Qoida shu paytgacha Xitoy hukumatiga qarshi biror xuruj qilmagan yoki o’z chiqishlarida bu davlatni alohida tilga olmagan.

Lekin Xitoyning da’vo qilishicha, Shinjonning shimoli- g’arbiy tumanlarida uyg’ur jangarilar yashirinib olgan va ular jahon terror tizimining bir qismi.

Xitoy harbiylari qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston askarlari bilan birga yaqinda harbiy mashqlar o’tkazganida, diqqat asosan terrorchilarni qidirishga qaratilgan.

Xitoy erkinlik talabi kuchli Tibet va Shinjon, uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi hududdagi “separatistlar” va “terrorchilar” o’rtasida aloqa bor deb keladi.

Al-Qoida tashkiloti Sharqiy Turkistonda faol, Shinjonda va Tibetdagi terror guruhlari hududiy birlik va chegara xavfsizligiga katta tahdid, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan bir pekinlik.

Xalqaro tashkilotlarning ogohlantirishicha, Tibet va Shinjonda inson huquqlari muntazam ravishda poymol etiladi. AQSh rasmiy hisobotlarida ham bu masala tez-tez tilga olinadi.

Robiya Qodir, jahon uyg'urlari yetakchisi

Robiya Qodir, jahon uyg'urlari yetakchisi

Yaqinda Vashingtonda jahon uyg’urlari anjumani bo’lib o’tdi. Unda bu elat yetakchisi sifatida tanilgan Robiya Qodir xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, siyosiy madad so’radi.

Amerika hukumati, deydi u, Xitoy bilan uyg’urlar taqdiri yuzasidan qattiqroq gaplashishi, “bizni himoya qilishi kerak”,- deydi u.

Pekinda uyg’ur olimi Ilhom To’xti deydiki, uyg’ur faollar va al-Qoida o’rtasida biror aloqa yo’q.

Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida sakkiz millionga yaqin uyg'ur yashaydi

Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida sakkiz millionga yaqin uyg'ur yashaydi

“Osama bin Laden va uyg’urlarning tili bir deydiganlar sal aqlini ishlatsin, bilmasdan vaysamasin”,- deydi Ilhom To’xti.

Ziyolining sharhlashicha, Xitoy davlat matbuoti Osama Bin Laden o’ldirilganini bahona qilib, uyg’urlarga nisbatan bosimni kuchaytirmoqda.

Aholini uyg’urlarga qarshi qayramoqda, xalq orasida nafrat urug’ini sochmoqda, deydi Ilhom To’xti. Har bir elat vakillari orasida radikal ruhdagi odamlar bo’ladi. Uyg’urlar bundan mustasno emas, lekin ularning hammasini terrorist deyish adolatdan, aqldan emas, deydi olim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG