Bayden Xitoyni AQSh iqtisodi yuzasidan ishontira oladimi?

  • Stefani Xo

AQSAh-Xitoy strategik va iqtisodiy forumida, Vashington, 9 may 2011

AQSAh-Xitoy strategik va iqtisodiy forumida, Vashington, 9 may 2011

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Xitoyda. Bu davlat rahbarlari bilan muzokaralarda asosan Xitoyning Amerikadagi sarmoyasi haqida so’z ketishi kutilmoqda, lekin orada yechimini kutib yotgan masalalar talaygina.

Xitoy siyosiy doiralarida Baydenning tashrifiga katta umidlar bog’langan.

Maqsad Amerika iqtisodiyoti va moliyaviy siyosati haqida vitse-prezidentdan aniq ma’lumotlar olish, deydi Sun Je, Pekinda yetakchi tahlilchi.

Xitoy Vashingtonda unga nisbatan yangrayotgan keskin tanqiddan charchagan. Amerikaning eng yirik kreditori ekan, 1 trillion dollardan ortiq qarz bergan ekan, uning xavfsizligi kafolatlanishini talab qilmoqda, deydi ekspert.

AQShning Xitoydagi elchisi Gari Lok

AQShning Xitoydagi elchisi Gari Lok

Amerikaning Pekindagi elchisi Gari Lok xavotirga o’rin yo’q deydi. Xitoy investorlari Amerika qimmatbaho qog’ozlar bozorida hamon juda faol.

“Iqtisodiyotimizga ularning ishonchi baland, aks holda katta hajmda aksiyalar sotib olmayotgan bo’lar edi. Muammolar talay, lekin tizim haliyam qudratli”, - deydi elchi.

Tahlilchi Sun Je fikricha, Amerika va Xitoy rasmiylari yuzma-yuz o’tirib, bu borada ochiq gaplashib olishi ayni muddao. Tomonlar bir-biriga qanchalik kerakligini tushunadi va real vaziyatdan xabardor, deydi u.

Pekin

Pekin

Xitoy, shuningdek, AQShdan qatoq masalalarga aralashmaslikni so’ramoqda. Jumladan, Janubiy Xitoy dengizi yuzasidan mintaqaviy tortishuv va bu davlat o’zining ajralmas qismi deb hisoblovchi Tayvanga qurol sotmaslik.

Vashington, albatta, bu masalalarda o’z pozitsiyasiga ega va uni o’zgartirmoqchi emas. Yaqinda prezident Barak Obama Oq Uyda Tibet diniy rahnamosi Dalay Lamani qabul qildi. Uni separatist lider deb hisoblovchi Xitoy keskin norozilik bildirdi.

Xitoy milliy puli yuan qiymati bo’yicha kelishmovchiliklar, Shimoliy Koreya va Eron atom maqsadlari yuzasidan turlicha qarashlar… Bayden to’rt kun davomida Pekinda mana shu mavzularda ham gaplashadi.

Xitoyning bo’lajak prezidenti deb qaralayotgan Shi Tsinping, hozirda vitse-prezident, Bayden shafari uchun ertaga katta ziyofat beradi.

XS
SM
MD
LG