AQSh va Xitoy Tiananmen voqealari bo'yicha tortishmoqda

  • Amerika Ovozi

1989-yil, 4-iyun, Tiananmen maydoni, Pekin, Xitoy.

1989-yil, 4-iyun, Tiananmen maydoni, Pekin, Xitoy.

Qo'shma Shtatlar Xitoyni 1989-yil Tiananmen maydonidagi namoyishlar ketidan qamoqqa olingan odamlarni ozod etishga chaqirmoqda. Ammo Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning bu talabi yuzasidan keskin norozilik bildirib, Amerikadan Xitoy ichki ishlariga aralashmaslikni, rasmiy Pekinni asossiz ayblamaslikni so'ragan. Bugun voqealarga roppa-rosa 23 yil to'ldi. AQSh

Davlat departamenti so'zlovchisi Mark Tonerning aytishicha, Xitoy o'shanda harbiylar o'qidan o'lgan, hibsga olingan va yo'qolgan har bir shaxs haqida ma'lumot berishi lozim. Ularning yaqinlarini ta'qib etishni bas qilish zarur, deydi Toner.

1989-yil 4-iyunida Pekinning Tiananmen maydonida minglab talabalar namoyishi tanklar bilan bostirilgan edi. O'lganlar soni aniq emas. Ayrimlar yuzlab desa, boshqalar hisobicha, minglab odam qirilgan. Xitoy hukumati aksil-inqilob isyonni bostirib, to'g'ri ish qilganmiz, deydi. Mahalliy matbuotda o'sha kun voqealari haqida gapirish taqiqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG