Xitoy AQShdan josuslikni bas qilishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy harbiy komissiyasi raisining o’rinbosari, armiya generali Fan Chanlon (chapda) va AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Rays Pekinda, 9-sentabr, 2014-yil

Xitoy harbiy komissiyasi raisining o’rinbosari, armiya generali Fan Chanlon (chapda) va AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Rays Pekinda, 9-sentabr, 2014-yil

Xitoy harbiy komissiyasi raisining o’rinbosari, armiya generali Fan Chanlon Pekinda AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashuv chog’ida Qo’shma Shtatlar Xitoy hududi yaqinida kuzatuv missiyalarini bas qilsin deya talab qo’ygan.

O’tgan oy Xitoy qiruvchi samolyoti xalqaro suvlar ustida AQShning razvedkachi samolyotiga duch kelib, ikki tomon qattiq bahs qildi.

Pentagon nazarida xitoylik pilot AQSh samolyotiga to’qqiz metrga yaqinlashib, o’zini agressiv va noprofessional tutgan. Pekinning javobi shu bo’ldiki, AQSh samolyoti Xitoy hududiga bunchalik yaqin turmasligi kerak edi.

Kelasi oy Xitoyga AQSh prezidentining tashrifi kutilar ekan, Syuzan Rays tashkiliy masalalar bilan shug’ullanmoqda.

Uning aytishicha, AQSh-Xitoy munosabatlari Amerika uchun juda muhim. Ikki davlat rahbarlarining muloqotidan katta foyda bo’ladi, dedi u.

Xitoy Prezidenti Si Zinpin bunga shunday javob berdi:

"Biz AQSh bilan munosabatlarda yangi modelga yondashishga tayyormiz. Aloqalar do’stona, ginasiz va o’zaro hurmatga asoslangan bo’lishi lozim".

Raysning aytishicha, Vashington va Pekin o’rtasida ko’plab muammolar mavjud, biroq tomonlar harbiy to’qnashuvgacha bormasligi zarur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG