Tailanddan deportatsiya qilingan uyg'urlar Xitoyda tekshirilmoqda

  • Amerika Ovozi

Xitoy davlat matbuotiga ko'ra, Tailanddan deportatsiya qilingan 109 uyg'ur bo'yicha taftish yakunlanmaguncha ular hibsxonada saqlanadi.

Xitoy hukumati ularning ba'zilari Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" yoki boshqa jangari guruhlarga qo'shilmoqchi ekanini da'vo qilgan. Hozir shu narsa tekshirilmoqda, deyiladi matbuotda.

Tailand AQSh, Turkiya va inson huquqlari tashkilotlari e'tiroziga qaramay, bir yil oldin mamlakatga qochqin sifatida borgan 400 uyg'urning choragini 9-iyulda deportatsiya qilgan.

Xitoy matbuotiga ko'ra, ayrimlari mamlakatga qaytarilgach qatl etilishidan xavotirga tushib, Tailand va Xitoy politsiyasiga qarshilik ko'rsatgan.

"Global Times" gazetasi 13 uyg'urni terrorchilarga bog'ladi.

Jahon uyg'urlari kengashi matbuotdagi xabarlarni yolg'on deb, Tailandga qochgan uyg'urlarning aksariyati ayollar va bolalar ekanini, jihodga qo'shilish niyati yo'qligini bildirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG