Uyg'ur islomiy tashkiloti Xitoydan o'ch olayotganini aytmoqda

  • Amerika Ovozi

Qashg'ar shahridagi manzara

Qashg'ar shahridagi manzara

O'zini Turkiston Islomiy Partiyasi deb atovchi guruh Xitoyning Shinjon viloyatidagi so'nggi xurujlar uning ishi ekanini aytmoqda.

Guruh rahbari Abdulshukur Domlaning videotasmada aytishicha, xurujlar Xitoy hukumatining uyg'urlarga qarshi siyosatiga javobdir. Videoda jangarilarning tayyorgarligi tasvirlangan.

Xurujlarda 30 dan ziyod odam o'lgan. Xitoy Pokistonda tayyorgarlikdan o'tgan islomiy jangarilarni ayblaydi. Ammo xorijdagi uyg'ur faollari rasmiy Pekin uyg'urlarni ataylab qirmoqda, deydi.

O'tgan oy Xitoyga tashrif buyurgan Pokiston Tashqi ishlar vazirasi Xina Rabboniy Xarning aytishicha, uning mamlakati uyg'ur ekstremistlariga qarshi kurashda Xitoy bilan hamkorlik qilishga tayyor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG