Breaking News

Shinjondagi g'alayonda o'lganlar 50 kishiga yetdi


Urumchi, Shinjon-Uyg'ur muxtoriyati
Urumchi, Shinjon-Uyg'ur muxtoriyati

Xitoy matbuotining yoritishicha, Shinjon-Uyg'ur muxtoriyatida ro'y bergan oxirgi zo'ravonliklar 50 odamni hayotdan olib ketgan.

Avvalroq hukumat o'tgan yakshanba Urumchi yaqinida, Luntay tumanidagi g'alayonda ikki kishi jon berganini bildirgan edi.

O'sha kuni ikki politsiya mahkamasi va ikki do'konda portlashlar sodir etilgan. To'rt politsiyachi va yana olti fuqaro halok bo'lgan.

Xurujlar ortidan politsiya isyonchilar deya ko'rilayotgan odamlarga qarata o't ochgan. Buning oqibatida kamida 40 odam nobud bo'ldi, deya xabar beradi mahalliy matbuot. Yana 54 fuqaro jarohatlangan.

Voqeani Mamat Tursun ismli shaxs boshqargani, politsiya uni otib o'ldirgani xabar qilinadi. Tursun, deydi politsiya, 2003-yildan beri ektremistik faoliyat bilan shug'ullangan.

Shinjonda, uyg'urlar Sharqiy Turkiston deya ataydigan mintaqada, o'tgan bir yarim yilda elatlararo ziddiyat qariyb 300 odamning boshini yedi.

Xitoy hukumati Shinjonda xorijdan madad olayotgan jihodchilar bilan olishayotganini ta'kidlaydi. Uyg'ur faollarining izohicha esa, Xitoy hukumatining ozchilik elatga adolatsiz muomalasi ixtilofni avj oldirmoqda.

Shu hafta boshida Xitoy sudi taniqli uyg'ur olimi, iqtisodchi professor Ilhom To'xtini ayirmachilikda, zo'ravonlikni va Shinjon mustaqilligini targ'ib qilganlikda aybdor topib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etgan edi.

Pekin universitetida dars bergan Ilhom To'xti ayblovlarni rad etdi.

Jahon Uyg'urlari yetakchisi Robiya Qodir bilan suhbat/Rebiya Kadeer, Uyghur leader talks to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:27:30 0:00

Vashingtonda uyg'urlar namoyishi-Uyghur protests in Washington
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:37 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG