Xitoy hujumkor salohiyatini oshiradi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Spratli orollari

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Spratli orollari

Xitoy harbiy qudratini oshirishda davom etishini bildirmoqda. Vazirlar mahkamasiga ko'ra, bu jarayon hech bir davlatga qarshi qaratilmagan. Xitoyning yangi mudofaa siyosatiga ko'ra, Xalq ozodlilk armiyasi endi hududiy havo mudofaasi bilan cheklanmay, hujumga ham urg'u beradi, ayniqsa dengizdagi hududlarni himoya qilishda.

Xitoy Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi ayrim joylarga da'vo qiladi. Bu esa qo'shni mamlakatlarni asabiylashtirmoqda.

Pekin va Vashington bu borada turli xil pozitsiyada. Xitoy Janubiy Xitoy dengizining deyarli barini o'ziniki deb biladi.

Shu hafta AQShning josus samolyoti dengizdagi orollarning yonidan o'tgach, Pekin Vashingtonga rasman shikoyat qilgan.

Qo'shma Shtatlar Spratli orollari tomon qo'shimcha samolyot va harbiy kema yubormoqchi. Bu bilan AQSh Xitoyning bu hududlarga da'vosini tan olmasligini ko'rsatmoqchi, deydi kuzatuvchilar.

Pekin AQShning Osiyoda faollashganidan, Yaponiyaning o'z mudofaa salohiyatiga qo'shimcha diqqat qaratayotganidan xavotirda.

Vazirlar mahkamasining bildirishicha, Xitoy dengizdagi huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga tayyor.

"Biz birinchi bo'lib hujum qilmaymiz, ammo hujumga qarshi javob beramiz", - deydi rasmiylar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG