Shinjonda "ekstremizm"ga qarshi shafqatsiz kampaniya boshlandi

  • Amerika Ovozi

Rasmiy Pekin mintaqada 30 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan so’nggi xurujlarni islomiy ekstremizm bilan bog’lamoqda

Rasmiy Pekin mintaqada 30 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan so’nggi xurujlarni islomiy ekstremizm bilan bog’lamoqda

Xitoy rasmiy matbuotining yoritishicha, Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida ekstremizmga qarshi shafqatsiz kampaniya boshlangan.

“Dindan zo’ravonlikni targ’ib qilishdan foydalanish va noqonuniy diniy faoliyatni tugatish kerak”, - dedi Shinjon Kommunistik partiyasi rahbari Chjan Chunsan. “Jinoyatchilarga shafqat yo’q”, - deydi y.

Uning aytishicha, hukumatning vazifasi qonuniy diniy jamoani himoya qilib, yashirin va jinoyatkorona harakatlarni yo’q qilishdan iborat.

Rasmiy Pekin mintaqada 30 dan ziyod odamni hayotdan olib ketgan so’nggi xurujlarni islomiy ekstremizm bilan bog’lamoqda.

Lekin surgunda yashovchi uyg’ur faollari izohicha, zo’ravonlik Xitoy hukumatining zulmkor siyosatiga, musulmon aholiga nisbatan diniy bosimiga javobdir.

Hukumatning jabridan to’ygan xalqning javobi bu va fuqaroning bunga haqqi bor, deydi jahon uyg’urlari yetakchisi Robiya Qodir.

O’tgan hafta Qashg’ar shahrida bir necha kishi restoranga o’t qo’yib, olti odamni pichoqlagan edi. Rasmiy Pekin buni Pokistonda tayyorgalikdan o’tgan islomiy ekstremistlarning ishi, deb ta’rifladi.

Undan oldin shaharda qurollangan guruh yana yetti fuqaroning yostig’ini quritgan.

Xo’tan shahrida esa politsiya mahkamasi hujumga uchrab, 14 odam o’lgan edi. Uyg’ur faollarining aytishicha, aslida politsiya tinch namoyish qilayotgan begunoh fuqarolarga qarata o’t ochgan.

Shinjonda 2009-yilning iyulida uyg’urlar va xitoylar o’rtasida adovat qonli tus olib, rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, qariyb 200 kishi nobud bo’lgan.

Uyg’ur ahli hukumatni uning dini, madaniyati va tilini bo’g’ayotganlikda ayblab, Sharqiy Turkistonga ko’chirib kelingan xitoylar bilan tortishib keladi.

Uyg’urlar mehnat bozorida tenglik yo’q ekanidan, Shinjonda taraqqiyotni ta’minlashdan faqat xitoylar manfaat ko’rayotganidan arz qiladi.

Ularning aytishicha, hukumat masjidga qatnashdan tortib Ramazon oyida ro’za tutishgacha barchasini nazoratga olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG