Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti


Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Xitoy g’arbi, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatida yaqinda ro’y bergan voqea qariyb 18 kishini hayotdan olib ketdi, deyarli barchasi uyg’urlar.

Hukumat ta’rifiga ko’ra, o’lganlar – politsiya uchastkasida hujum qilgan “terrorchilar”.

Chet eldagi uyg’ur faollariga ko’ra esa Xo’tan shahrida aholi adolatsizlik va diskriminatsiyaga qarshi bosh ko’targan va politsiya tomonidan o’qqa tutilgan.

Aslida nima bo’lganini bilish qiyin, rasmiy Pekin mustaqil tekshiruv o’tkazish chaqiriqlariga quloq tutmaydi.

Uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi mintaqada 2009 yilgi etnik to’qnashuvlardan beri bu qadar jiddiy zo’ravonlik kuzatilmagan edi. O’shanda salkam 200 kishi o’lgan, o’nlab biznes va binolarga o’t qo’yilgan edi.

Xitoyning “Shinxua” davlat axborot agentligi Xo’tan shahridagi politsiya uchastkasiga pichoq, bolta va qo’lbola bombalar bilan qurollangan bir to’da uyg’urlar bostirib kirib, talon-taroj qilgani, binoga o’z bayrog’ini ilgani haqida xabar tarqatdi.

Xitoy rasmiylariga ko'ra, "isyonchilar" Xo'tandagi politsiya uchastkasiga bostirib kirib, odamlarni garovga olgan

Xitoy rasmiylariga ko'ra, "isyonchilar" Xo'tandagi politsiya uchastkasiga bostirib kirib, odamlarni garovga olgan

Norasmiy manbalarga ko’ra esa uyg’urlar nohaq qamoqqa olingan yurtdoshlarini ozod etishga chaqirib, namoyish qilgan. 14 nafari otib o’ldirilgan. Hukumatning aytishicha, barchasi “isyonchilar”.

Eymi Reger Vashingtonda asoslangan Uyg’ur-Amerika Uyushmasi qoshida inson huquqlari masalalari bo’yicha izlanadi.

“Mintaqada qanday kor-hol ro’y bermasin, rasmiy Pekin “ekstremist va bo’lginchilar” ning ishi deb nuqul uyg’urlarni ko’rsatadi. Bunday jiddiy ayblovlarni asoslab berishni, mustaqil tekshiruvga yo’l berishni lozim topmaydi”, - deydi u.

Shinjonda millionlab uyg’urlar yashaydi, qolaversa Markaziy Osiyo respublikalari ham bu jamoaning millionlab a’zolari uchun vatan. Xitoy hukumati 2001-yil 11 sentabr hujumlari ketidan “terrorizm” iborasini uyg’ur ozodlik harakatiga nisbatan tez-tez qo’llay boshlagan.

Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Bu harakatning turli mamlakatlarda, jumladan Pokistonda harbiy bazalari, mashq maydonlari bor degan xabarlar qanchalik asosli, deb so’raymiz Uyg’ur-Amerika Uyushmasi vakili Eymi Regerdan.

“Bu kabi da’volar albatta tekshirilishi, bu makonlarni borib ko’rgan va bilgan mustaqil eskpertlar o’z xulosasini bildirishi kerak. Shunisi aniqki, uyg’ularning aksariyati tinch hayot istaydi. Terrorizm ko’p hollarda siyosiy erkinliklarni cheklash uchun bahona”, - deydi tadqiqotchi.

Xitoy rahbariyati tushunishi kerakki, deydi faollar, mintaqada asrlab davom etayotgan ziddiyatlar o’z-o’zidan yo’qolmaydi. Chunki negizida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar yotibdi.

“Shinjon ahlining chuqur e’tiroziga sabab shuki, bu o’lka taqdiri ular qo’lida emas. Kommunist rahbarlar bilganini qiladi, maslahatlashmaydi. Ayniqsa taraqqiyot loyihalari, migratsiya siyosati va tabiiy boyliklarni taqsimlash va ulardan foydalanish bobida. Rahbariyat so’nggi paytlarda buni tan ola boshlagan, ammo aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslar yuzaki xarakterga ega bo’lib, xitoylarni birinchi o’ringa qo’yadi”, - deydi Reger.

Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Xitoy uyg’urlarni terrorizm va bo’lginchilikda ayblayapti

Shinjon muxtoriyatiga so’nggi yillarda xitoylar katta sonda ko’chib kelayotgani rost. Etnik diskriminatsiya, imkoniyatlar barcha uchun teng emasligi tez-tez quloqqa chalinadi. Bunga konkret misollar bormi?

“Albatta. Deylik, ish topish masalasi... Diskriminatsiya aktiv va passiv ko’rinishga ega, ham xususiy sektorda, ham davlat korxonalarida. Agar korxona egasi xitoylik bo’lsa, ko’pincha o’z millatdoshlarini ishga oladi, hatto nomzodlar malakasi bir xil bo’lsa ham. Izlanishlar natijasidan bilamizki, tenglikni ta’minlovchi qonunlar faqat qog’ozda”, - deydi Uyg’ur-Amerika Uyushmasi vakili Eymi Reger.

XS
SM
MD
LG