AQSh qo'lidagi asirlar qanchalik qiynoqqa solingani haqida yangi hisobot chiqadi

  • Amerika Ovozi

AQSh Senat Razvedka qo'mitasi raisi Dayan Feynshteyn

AQSh Senat Razvedka qo'mitasi raisi Dayan Feynshteyn

AQSh Markaziy razvedka agentligi qo'llagan qiynoq usullari haqida yangi hisobot chiqishi kutilmoqda.

Senat Razvedka qo'mitasi 6200 betli tahlil terrorizmda ayblanib ushlangan odamlar qanday so'roq qilingani va ulardan ma'lumot qay tarzda olingani bilan yaqindan tanishib chiqqan.

Davlat kotibi Jon Kerri hisobotdagi tafsilotlar Amerika tashqi siyosatida muammolar tug'dirishi mumkin degan xavotirda demokrat senator Dayan Feynshteyn bilan gaplashgan. Feyshteyn Razvedka qo'mitasi raisi.

Hisobot 2001-yilda boshlangan terrorizmga qarshi kurash jarayonini qamrab oladi. Asosan Jorj Bush prezidentligi davridagi ishlarni yoritadi.

2009-yilda prezidentlikka Barak Obama kelgach, qiynoqlar man etilgan.

Hisobot qachon chiqishi aniq emas. Yaqin kunlarda, deya bildiradi Senat.

Markaziy razvedka boshqarmasi, Virjiniya shtati

Markaziy razvedka boshqarmasi, Virjiniya shtati

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG