Breaking News

Ziyolilar: MDH yubileyini nega bayram qilayapmiz?


"MDH ishlari qog’ozdagi kelishuvlarning aqalli 10 foizini tashkil etmaydi"
"MDH ishlari qog’ozdagi kelishuvlarning aqalli 10 foizini tashkil etmaydi"

Sovet Ittifoqi qulab, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi paydo bo’lganiga yaqinda 20 yil to’ladi. Shu sana munosabati bilan Tojikistonda a’zo davlatlar rahbarlari yubiley sammitida ishtirok etdi.

Respublika hozirda hamdo’stlikka raislik qilmoqda. Tojikistonlik ayrim ziyolilar nazarida 11 mamlakatni o’z ichiga olgan tashkilot faqat qog’ozda.

Amalda esa 20 yilda ko’zga ko’rinarli ish qilinmagan, qarorlar ijrosi oqsamoqda, mintaqa muammolariga tezkor munosabat bildirib, yordam ko’rsatish mexanizmi yo’q.

Qator a’zo davlatlar, jumladan, O’zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari Dushanbedagi majlisga bormay, bosh vazirlarni jo’natgan.

Тоjikistondagi O’zbek madaniyat va ma’rifat markazi raisi, dotsent Ilhom Yusupov ham MDH rejalari amalga oshmay kelayotganini aytadi.

“Menimcha, odamlar MDH meva berishini xohlaydi. Ming afsuski, guruh o’zini oqlay olmaypti”, - deydi u.

Sharqshunos jurnalist Tilav Rasulzoda fikricha, MDH ishlari qog’ozdagi kelishuvlarning aqalli 10 foizini tashkil etmaydi.

“Ba’zilar, ehtimol, rasmiyat uchun hamdo’stlik ishlab turibdi der. Lekin bu g’alati fikr. MDHning hozirgi shakli, ko’rinishi fikrimcha, hech kimni qoniqtirmaydi”, - deydi u.

“Birining fuqarosi ikkinchisining hududida jabr-sitam tortayapti! Rossiyada har qadamda tojik mardikori xo’rlanadi”, - deydi Rasulzoda.

“Globalizasiya sharoitida MDH davlatlari biri-biridan begonasiraydi. Shuyam ish bo’ldimi? Bordi-keldini oson qilib qo’yish zarur. Odamlar o’zini begona his etmasin”, - deydi Rasulzoda.

Dotsent Yusupov nazarida MDHda Rossiya yetakchilikni, katta og’a rolini ijro etishni istaydi.

Lekin, deydi u, xalqlarimizga katta akaga bo’ysinishga o’rganib qolgandek harakat qiladi va Rossiya buni biladi. Olim hozir mintaqa respublikalari birlashgani ma’qul deb hisoblaydi.

“Markaziy Osiyo mustaqil bo’lib, ittifoq tuzsa, nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Lekin ming afsus, qadim zamonlardan, qo’shnilar bir-biri bilan doim olishib kelgan. Bugun oddiy misol, Rog’un masalasida O’zbekiston bilan aloqalarimiz sovuq”, - deydi u.

XS
SM
MD
LG