MDH sammitida milliy valyuta va savdo muhokama qilindi

  • Amerika Ovozi

5-dekabr, Ashgabat

5-dekabr, Ashgabat

Turkmanistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi rahbarlarining sammiti yakunlandi.


Tomonlar iqtisodiy integratsiya, mahalliy valyutalardan kengroq foydalanish va erkin savdo zonasi yaratish haqidagi bitimda batafsil to’xtalgan.

O’zbekiston avvalroq kelishuvga qo’shilish istagini bildirgan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putin rasmiy Toshkent fikrini qo’llab-quvvatlar ekan, MDH ning boshqa davlatlarini ham o’rnak olishga undagan.

Jahonda iqtisodiy tanazzul xavfi hamon dolzarb bir pallada hamdo’stlik jipslashishi, moliyaviy jihatdan birlashishi zarur, deb hisoblaydi Putin.

Sammitda qabul qilingan deklaratsiyada davlatlar uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, noqonuniy qoradori savdosini umumiy xavf deb bilib, bularga qarshi birga kurashishga kelishib olgan.

Qatnashchilar hamdo’stlik hududida transport-aloqa tizimlarini yaxshilash, energetika va ilm-fan bobida hamkorlikni chuqurlashtirish, eksport va sarmoyani kengaytirish zaruratini ta’kidlagan.

MDH raisligi 1 yanvardan Turkmanistondan Belarusga o’tadi. Hamdo’stlikka 11 davlat, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston va Ukraina a’zo.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG