Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga ishonch pasayib ketgan


Rossiya rahbari Vladimir Putin

Rossiya rahbari Vladimir Putin

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) Minskdagi uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik muhokama qilmoqda. Lekin asosiy mavzu - Ukraina-Rossiya aloqalari. O’zbekiston rahbari Islom Karimov ham ushbu sammitda ishtirok etmoqda. (Mana bu maqolaga ham qarang!)

O’zbekiston Ukrainaning hududiy yaxlitligini quvvatlaydi. Chunonchi Islom Karimov bu masalani Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Dushanbedagi sammitida ham ko‘targan edi.

"Biz Ukraina va Rossiyaning tinchlik o‘rnatish bo‘yiicha Minskdagi kelishuvini qo‘llab quvvatlaymiz. Mojaro bo‘yicha O‘zbekiston avval bildirgan taklif, inqiroz faqat tomonlarning bevosita muloqoti orqali hal etilishi hamon dolzarb. Ukraina tomoni agar masalaga xolis yondoshganda edi, Rossiya bilan bevosita muloqotlar yo‘lini tanlagan bo‘lardi, Rossiyaning mintaqadagi tarixiy manfaatlarini ham inobatga olish kerak", - degan edi Karimov.

To'qqiz a'zo (Rossiya, Moldova, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston) va ikki qatnashchi (Ukraina va Turkmaniston) o'tiradigan MDH Ukraina inqirozi yuzasidan tashkilot sifatida munosabat bildirmagan. Ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini tashkilot a‘zolarini jiddiy xavotirga solgan.

Minskdagi uchrashuv Rossiya Qrimni tortib olishi ortidan o‘tayotgan birinchi sammit. Qrim mojarosi Ukraina MDH raislik qiloyotgan paytga to’g‘ri keldi. Anneksiya ortidan raislik maqomini to‘xtatgan Ukraina nazarida MDH o‘z vakolatlarini bajarmaydigan va Rossiya manfaatlariga xizmat qiladigan organ.

Minsk

Minsk

Tashkilot raisligi Qozog’istonga o’tmoqda. U yerda ham MDHga nisbatan ishonch past.

Qozoq muxolifatchi Aydos Sodiqov:

"Bu sammit Rossiya uchun o‘z hamkorlari va ittfoqchilariga bosim ko‘rsatish, ularning pozitsiyalarini aniqlashtirish uchun yana bir vosita. Chunki Ukraina bosqinida Rossiyani qo‘llagan yaqin ittifoqchilar - Qozog‘iston va Belarus rahbarlari ham so‘nggi paytda sal boshqacharoq gapira boshlashdi, o‘zlarini go‘yo Kreml ta‘siridan xoli mustaqil siyosatchi sifatida tuta boshlashdi. Rossiya sammit doirasida Yevrosiyo Ittifoqiga qo‘shilmagan O’zbekiston va Ozarboyjon kabi davlatlarni Ukraina bo‘yicha pozistsiyasini o‘zgartirishga harakat qilishiga ham shubha qilmayman“.

MDH sammitidan Ukraina mojarosi borasida biror aniq bayonot kutilmayapti.

Ukrainada mamlakatning bu organ bilan aloqani tamoman uzishi kerak degan talab kuchli.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG