Amerika tarixi: Qullar, quldorlar va fuqarolik urushi

  • Amerika Ovozi

Fuqarolik urushi 1861-1865 yillar orasida kechgan. Yuzlab ming qora tanlilar, qullarning farzandlari, erkinlik uchun kurashgan

Fuqarolik urushi 1861-1865 yillar orasida kechgan. Yuzlab ming qora tanlilar, qullarning farzandlari, erkinlik uchun kurashgan

AQSh tarixidagi eng qonli sahifa bu bir yarim asr ilgari bo'lib o'tgan fuqarolik urushidir.

Bu jamiyatda qulchilik, quldorlikka qarshi kurash uzoq va mashaqqatli kechgan.

Fuqarolik urushi millionlab odamlar hayotini tubdan o'zgartirgan, xususan qora tanli aholi - afro-amerikaliklar hayotini.

Amerikada fuqarolik urushi davrida 200 mingdan ziyod qora tanlilar shimol tarafida turib janubdagi konfederatsiya qo’shinlariga qarshi kurashadi. Ma’shum tarixning bu bo’lagi deyarli unutilgan. Voqealar faqatgina sanoqli rasmlarda muhrlangan xolos.

Tarixchi Adele Aleksandrning buyuk bobosi, asli britaniyalik Jon Robert Bond ham urushda qatnashgan.

“17 yoshga to’lganida Amerikadagi qora tanlilarning ozodlik uchun kurashi haqida eshitib, Amerikaga yo’l oladi. Onamning aytishicha, o’shanda katta bobom baliqchilar kemasida okean oshib, Massachussettsga keladi”.

Adele Aleksandrning bobosi shimol armiyasi safida shiddatli janglarda qatnashib, ba’zor omon qolgan.

Ajdodlarimiz haqida bilmagan narsalarimiz ko’p, deydi olima. Mening bobom kelajak avlod yaxshiroq yashashi uchun kurashgan, deydi u.

“Bu jasorat. Tasavvur qiling, Anglyalik o’smir yigit o’zga bir yurtdagi qora tanlilarning qayg’u-iztiroblarini eshitib, ularga ko’mak bergani oilasidan, yaqinlaridan ayri tushib, okean osha bu yerga kelgan. Sayohat katta bobom va uning avlodlari hayotini tubdan o’zgartirib yuborgan”.

Bundan 150 yil Amerikada 11 shtat ittifoqdan ajralib chiqib, konfederatsiya tuzgan va shu tariqa qishloq xo’jaligi va quldorlikka asoslangan iqtisodiy tizimini saqlab qolish uchun kurashgan.

Bundan 150 yil Amerikada 11 shtat ittifoqdan ajralib chiqib, konfederatsiya tuzgan va shu tariqa qishloq xo’jaligi va quldorlikka asoslangan iqtisodiy tizimini saqlab qolish uchun kurashgan.

Adele Aleksandr bu haqda izlanib, kitob yozgan.

“Bir muddat o’tib irqchilik kuchaygan. Qora tanlilar uchun urush paytidagidan ham qiyin kunlar boshlangan. 1800-yillar oxiri, 1900-illarning boshida janubda ahvol o’girlashib, odamlar shimolga ko’cha boshlaydi. Buni tarixda buyuk ko’chish deyishadi. Asosan dehqonchilik bilan, plantatsiyalarda ishlab tirikchilik qilgan qora tanlilar uchun katta, zamonaviy shaharga ko’chish, u yerning sharoitiga moslashish oson kechmagan. Buning oqibatida oilalar buzilgan. Shimolga ko’chgan afro-amerikaliklarning iztirobini bugungi kunda ham ko’rish mumkin”.

Olima izlanish paytida bobosi Uorren Logan haqida ham yangi ma’lumotlar topdi. U Virjiniyadagi bir oilada qul bo’lgan ekan.

200 mingdan ziyod qora tanlilar shimol tarafida turib, janubdagi konfederatsiya qo’shinlariga qarshi kurashadi

200 mingdan ziyod qora tanlilar shimol tarafida turib, janubdagi konfederatsiya qo’shinlariga qarshi kurashadi

“Onasining ismi Pokahonta, qul bo’lgan. Ajdodlari, taxminimizcha, mahalliy hindulardan bo’lgan. Otasi esa oq tanli, ehtimol xo’jayini, quldor bo’lsa kerak. Shu sabablimi bobomda maktabda o’qish imkoniyati bo’lgan”,- deydi Adele Aleksandr.

Fuqarolik urushi, deydi olima, nafaqat qora tanlilarni qulchilikdan ozod qilgan, balki ularga yangi kuch va umid bergan.

“Uzoq va mashaqqatli jarayon bu. Nihoyasiga yetdi deganlar adashadi. Iqrchilik o’sha paytlardan bizga meros. Hozirgacha ham kamsitishlar uchrab turadi. Lekin qulchilikka barham berilgani mamlakatimiz tarixidagi eng muhim sahifa”.

Shimol va janub urushi Amerikaning Amerika qilgan desak xato bo’lmaydi, deydi tarixchi.

Shunga qaramay diskriminatsiya AQShda hali ham og’riqli masala. 2005 yilgi hisob-kitoblarga qaraganda bu mamlakatda qora tanlilarning har ikkinchisi otasiz o’smoqda. Ishsizlik bu qatlam orasida 15.5 foizni tashkil qiladi.

“Fuqarolik urushi biz afro-amerikaliklar taqdirida o’chmas iz qoldirgan voqelik. Bu mavzu eskirgan emas”.

Benjamin Tod Amerikada qora tanli fuqarolar huquqini himoya qilish bilan shug’ullanadigan ilk tashkilotlardan birining rahbari.

“Tashkilotimizga respublikachilar asos solgan. Prezident Linkoln shafe’ligida. Bugunga kelib ham asl maqsadi, missiyasi o’zgarmagan. Umidimiz insonlar tarixning bu sahifalarini yoddan chiqarmasin. Xalqimiz totuvlikda, birdamlikda yashashini istaymiz”,- deydi Todd.

Birgina umid qilish bilan ish bitmaydi, deydi mutaxassislar. Orzuni amalga oshirish uchun tinmay mehnat qilish, ter to’kish kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG