Klivlend politsiyasi qayta shakllanadi

  • Amerika Ovozi

AQShning Klivlend shahri ma'muriyati politsiyani Adliya vazirligi tavsiyasi asosida qayta shakllantirishga rozi bo'ldi. Federal hisobotda shahar politsiyasi o'z vazifasini suiiste'mol qilib, ortiqcha zo'ravonliklarga qo'l urgani aniqlangach, shunday kelishuvga erishilgan.

Adliya vazirligi tavsiyalarida politsiya qo'llab kelgan noto'g'ri amaliyotlarga chek qo'yish, ortiqcha kuch ishlatishning oldini olish hamda aholi bilan yaxshi aloqalarni yo'lga qo'yish kabi vazifalar o'rin olgan.

Klivlend meri Frenk Jekson shahar boshdan kechirayotgan hozirgi davrni "o'tish bosqichi"ga qiyosladi.

Bundan buyon Klivlend politsiyasi sud tomonidan tayinlangan mustaqil guruh tomonidan nazorat qilib boriladi.

O'tgan hafta sud qurolsiz qora tanli ikki shaxsni otib o'ldirganlikda ayblangan Klivlend politsiyasi xodimini aybsiz deb topdi. Shahar politsiyasi bundan avval qurbonlar oilalarining har biriga 1,5 million dollar tovon puli ham to'lagan edi.

So'nggi paytlarda ko'plab politsiyachilar aholiga nisbatan ortiqcha zo'ravonlik qo'llaganlikda ayblanib sudga tortilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG